13 iyu 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA
"Mendan nafratlanishda davom et". Fyuri Aleksandr Krasyukning tanqidlariga javob berdi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyukning gaplariga javob qaytardi.
Avvalroq, ukrainalik bokschining vakili Fyurining chempionlik kamaridan mahrum qilish kerakligini aytgan edi.
"Yigitlar, men vaziyatga biroz aniqlik kiritmoqchiman. Notanish odamlardan meni unvonimdan mahrum qilish kerak degan gaplarini eshitdim. Ha-ha! O'yinchini emas, o'yin qoidalarini yomon ko'ring. Meni majburiy raqibim yo'q edi.
Agar majburiy davogar bo'lsa, qolganlar kabi uni ham tinchitaman. Ungacha mendan nafratlanishda davom eting va jangchilaringiz topadigan ozgina puldan rohatlaning. Barcha katta pullar joyida", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar