29 sen 13:25
Yangiliklar

Menejer Ali Abdelaziz Konorga qarshi keskin fikr bildirdi
"Biz sen va Jastinning jangini yanvar oyida o'tkazishni rejalashtirgandik. Sen esa Jastinni emas, 37 yoshli "qariya"ni tanlading. Konor, sen hech qanaqasiga may oyida Jastin bilan jang qila olmas eding. U vaqtinchalik chempionlik kamarini yutdi va sen bilan emas, Xabibga qarshi jang qilishini bildirdi. Aslida, sen hech qachon Jastin bilan jang qilishni xohlamagansan. Sening rejang Xabib va Getji o'rtasidagi jang g'olibi bilan jang qilish. CHuchvarani hom sanabsan, endi sen bizga kerak emassan.
"Pekman" bilan Saudiya Arabistonida jang qilish haqida jiddiy gapirdingmi? Saudiyalik rahbarlar Xabib bilan juda yaqin aloqada. Agar Yaqin SHarqda jang o'tkazilsa unda faqat Xabib jang qiladi. Sen rasvo ichimliging hamkorligida bu turnirni o'tkaza olmasliging, Saudiya davlatida alkogol savdosi taqiqlanganidan xabaring bormi? Konordan navbatdagi safsata!",-deb yozdi Ali Abdulaziz o'z tvitter sahifasida.
Fikrlar