08 fev 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Menejer Bivolning navbatdagi jangi muddati haqida gapirdi
Yarim og'ir vazn toifasida WVA kamari sohibi rossiyalik Dmitriy Bivolning (21-0, 11 KO) menejeri Vadim Kornilov o'z mijozining navbatdagi jangi haqida gapirdi.
"U may yoki iyun oylarida Dmitriy katta ehtimol bilan kamar himoya qiladi. Ehtimol, jang AQSHda bo'lib o'tishi mumkin. Amirliklarda yana jang qilish takliflari ham bor. Raqibga kelsak, asli ganalik ingliz bokschisi Joshua Buatsining nomzodi muhokama qilinmoqda. O'ylaymanki, tez orada bu haqida to'liq malumot beramiz", - dedi Kornilov.
Eslatib o'tamiz, Bivol so'nggi bor 5 noyabr kuni Abu-Dabida (BAA) meksikalik Xilberto Ramiresni (44-1, 30 KO) ochkolar hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar