10 apr 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Menejer Tayson Fyurining ringga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi
Sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining menedjeri Spenser Braun uning ringga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.
"U yana jang qiladimi? Yo'q, u nafaqaga etdi. Balki u hozir biroz zerikayotgandir, lekin hayotdan zavq olyapti. Har kuni yuguradi, juda yaxshi holatda. Rejimga amal qilyapti, parhezda. Ajoyib formada. Uni ko'rganimda hayron qoldim. Yaxshi parhez qilib, farzandlari bilan vaqtini yaxshi o'tkazyapti", — dedi Braun Mirror nashriga.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar