17 iyu 17:42
Yangiliklar

Menejer: "Uaylder Usik – Joshua jangi g'olibi bilan to'qnash keladi"
Finkel amerikalik bokschini Derek CHisora bilan jang qiziqtirmasligini, buning o'rniga u Aleksandr Usik - Entoni Joshua revansh jangi g'olibiga qarshi ringga ko'tarilmoqchi ekanligini aytdi.
"Derek CHisora? Hech qachon. Balki Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi g'olibi navbatdagi raqib bo'lar. Jang natijasini kutishimiz kerak.
Agar Fyuri Usik - Joshua jangi g'olibiga qarshi ringga chiqishni istasa, bu albatta sodir bo'ladi. Ammo, keyin unga kim raqiblik qiladi? Hozirda superog'ir vazn toifasida to'rtta haqiqiy gegemon bokschi bor. Bular Usik, Joshua, Fyuri va Deontey.
Hozir biz ko'plab variantlarni ko'rib chiqyapmiz. Biroq qaror qabul qilingani yo'q", — dedi Finkel.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar