So’nggi yangiliklar

07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0

14 jan 13:29
Yangiliklar

Formula-1, Qiziqarli!

"Meni doim kamsitishardi: maktabda, poygada". Lyuis Xemilton - irqchilik, adolatsizlik va g'alabalardan keyingi bo'shliq haqida

Uning uchun sovrinlardan ham muhimroq narsalar bor.

O'tgan mavsumda davrimizdagi Formula-1ning asosiy yulduzi trassadagi yutuqlari bilan emas, balki musobaqalardan tashqari dunyodagi faoliyati bilan muxlislar yodida qoldi.

Lyuis Xemilton Amerikaning BLM (Black Lives Matters) harakatini faol ravishda qo'llab-quvvatladi va hattoki unga butun F-1 ni jalb qila oldi: u irqchilikkka qarshi chaqiriqlar bilan futbolkalar chiqardi. Barcha hamkasblariga murojaat tariqasida videofilm ishladi hamda chempionat oldidan efirga uzatilishiga erishdi.

Xemilton tenglik uchun kurashdi va musobaqa oldidan hammani tiz cho'kishini talab qildi. Bu esa nifoqni yanada kuchaytiradi. F-1 uchuvchilari 1 marta poyga oldidan tiz cho'kishga harakat qilishdi. Bazilar bundan hijolat tortdi ham. Yaqinda FIA Amerika policiyasiga qarshi siyosiy davogarlikni targ'ib qiladigan ingliz futbolkalarini taqiqlovchi maxsus qoidani joriy etdi. Ammo Lyuis baribir odamlarni BLMni qo'llab-quvvatlashga undashdan to'xtamasligini bildirdi.

Olti karra chempion o'z so'zida turdi. Hatto u Road & Track saytiga intervyu berib, unda irqchilik atrofida bo'layotgan voqealarga o'z munosabatini bildirgan va faoliyati haqida bir nechta sirni ochiqlagan.

-Hozir qilayotgan ishingiz tahsinga loyiq. "Qoralar hayoti" mavzusi bilan birinchi marta qachon qiziqqansiz?

- Men NFLning ashaddiy muxlisiman. Kolin Kapernikning tiz cho'kkanini ko'rdim. Keyinchalik sodir bo'lgan voqelar ko'ngilni ranjitdi. Butun dunyoga qarshi turish uchun shunday jasorat talab etiladi, Kolin menga ilhom berdi.

-Sizni irqchilikka qarshi kurashishga undagan narsa uning harakati bo'lganmi?

-Men AQSHga Formula-1 Gran-Prisi uchun borgandim va Kapernikni qo'llab-quvvatlamoqchi edim. Lekin o'sha paytda u menga qarshi chiqishi mumkin deb o'ylardim.


-Demak, o'shanda tiz cho'kkamaslikka qaror qildingiz. 2017 yilgi AQSH Gran-Prisi bilan hozirgisini o'rtasida farq bormi?

-Men shuni anglab etdimki, bizning ko'pchiligimiz shunchaki jim turgan zamonda yashayapmiz. Odamlarning ovozi, fikri yo'q yoki shunchaki biron bir narsani aytishdan qo'rqadiganlar ko'p. Zamonaviy dunyoda hammasi boshqacha. Odamlar har doim o'zlarini himoya qilishga intilishadi va siz ko'plab salbiy oqibatlar evaziga bo'lsa ham chinakam sevgan narsangizga erishish uchun harakat qilasiz. 

Yoshim ulg'aygani sayin tushunib etyapman: hozirgi mavqega ega bo'lish baxtdir. Men hech qachon bu darajaga etaman deb o'ylamaganman.


-Ijtimoiy tarmoqlarda yurish-turishingiz o'zgarishiga sabab bo'lgan biror muhim voqea bo'lganmi? May oyida biz hammamiz Jou Jonas bilan Parijda yoqimli kofe ichganingiz haqidagi videoni ko'rdik, so'ngra 1 iyun kuni ko'tarilgan muhitni joylashtirdingiz...

-Jorj Floydga nima bo'lganligini ko'rib, dunyoning qanchalik g'azabga to'lganini bildim. Xuddi shu narsa menga juda ko'p azob berdi. Men  bu hislarni Angliyada bolaligimda boshdan kechirganman. Maktabda, ko'chada, hatto sinf xonasida bolalar to'dasi tinchlik berishmasdi. Meni bezovta qilgan, ranjitgan va men unitishga harakat qilgan hamma narsa yana paydo bo'ldi. O'shanda o'z fikrlarimni boshqalarga etkazishim karakligini angladim.


-So'zlaringiz qanday qabul qilinishidan havotirlandingizmi?

-Nimadir demoqchi bo'lgan pallamda javob tariqasida g'azabga uchraganman. Ehtimol, qaysidir so'z noto'g'ri aytilgan yoki odamlar bu haqiqatni yoqtirmagan bo'lishi mumkin. "Va endi bunday holatlar bo'lmaydi"-deb o'yladim. Men boshqacha qilolmayman, sukut saqlolmayman!


-SHunday qilib sizning platformangiz mavjud, dunyo bo'ylab siz va F-1 ning millionlab muxlislari bor. Ammo siz shunchaki ko'chadagi namoyishchilar safida namoyishlarda qatnashdingiz...

- Men o'zimni tarbiyalashim kerak edi. CHunki qora tanlilar tarixini hech kim o'rgatmagan. Bilasizmi, Angliya maktablarida faqat oq tanlilar tarixi haqida gapirishardi. BLM harakatini ko'rish, uning azolari orasida bo'lish juda ajoyib jarayon edi. 



-Siz nafaqat BLM, atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o'zgarishi haqida ham gapirmoqdasiz...

-Dunyoda nimalar bo'layotganini ko'ryapsiz. Kaliforniyadagi yong'inlar... Ko'pchilik bularni ko'radi va shunchaki jim yashashda etishadi. Men esa juda tasirchanman. SHunday paytlarda odamlar, hayvonlar, er, atrof-muhit haqida o'ylayman. Nima bo'lganligi, nima qilish mumkinligi to'g'rida tashvishlanaman. Men qanday yordam bera olaman? Boshqalarchi?


-SHubhasiz, muxlislaringiz ushbu xabarni qabul qilishadi. Sport biror narsa qila oladimi? Ayniqsa poyga?

-Ko'plab sportchilar bu ishlarga aralashishni istamaydilar. Formula-1dagilar ham ularning biri. Uzoq yillar davomida nima bo'layotganini kuzatdim va xilma-xillik yo'qligi ko'rdim. Men minglab odamlar qurshovida bo'laman. Ehtimol ularning orasida terisining rangi boshqacha bo'lgan o'nlab insonlar borligi haqida o'ylardim. Agar poygachilar to'g'risida gapiradigan bo'lsak, unda albatta, men faqat menman. Noto'g'ri harakat qilmaslik uchun jamoam bilan o'tirib nimalar qilishimiz mumkinligi haqida reja qildik. SHunday qilib, biz qo'mita tuzdik va boshqa hodisalar bir vaqtning o'zida sodir bo'ldi. Eng muhimi vaqt. Endi biz o'z shaxsiy fikrimizni ayta oladigan davrdamiz. Mana shu vaqtlarda odamlar boshqalarning reakciyasidan qo'rqmasliklari kerakligini tushundim. Ishimni yo'qotishdan cho'chimayman, uzoq va qiyin yo'lni bosib o'tdim. 


-Qo'rqmasdan gapira olish zavqli. Hayotingizda bu qadar katta kuchga ega bo'lgan onlaringizni qanday qabul qildingiz?

 -Har kimni o'ziga xos umr yo'li bor. Har birimiz o'zimiz uchun haqiqatdan muhim bo'lgan tushunchalarni bilamiz. COVID-19 2020 yilda menga misli ko'rilmagan darajada ko'p vaqtni taqdim etdi. Har bir o'tgan yil bizni bir ishdan boshqasiga chorlaydi. Hayotning tezligi yuqori. Dunyoda ro'y berayotgan voqeliklar, sizning undagi o'rningiz yoki nimani o'zgartirmoqchi ekaningiz haqida to'xtab, o'ylash uchun vaqt yo'q. Doim muxlislarim orasida bo'lishim odamlarni yaxshiroq tushunishimga yordam beradi. Men postlarim tagiga yozilgan "Ey, Xudo, bugun menga bu xabar juda kerak edi" kabi izohlarni ko'raman va shunga o'xshash postlarim kuchini his qila boshlayman. Biror kishiga ijobiy tasir qila olsam, bundan faqat xursand bo'laman. Men mukammal emasman. Nazarimda, bunday odam umuman yo'q. Biroq, boshqalarni o'rganishga, ularga pozitiv kayfiyat ulashishga harakat qilaman. O'zimning komfort zonamdan chiqib, kuchsiz tomonlarimni ko'rsata boshlaganimda odamlarning munosabati o'zgarib qolishini sezyapman.


-Qora tanli sportchi boshqa bir qora tanli sportchini qay darajada kuzatadi? LeBron Jeyms siyosat haqida gapirganida "katta"lar undan butun etiborini basketbolga qaratishini so'rashadi. Boshqalar u etarli darajada gapirmaydi deb hisoblashadi...

-Yaxshi savol. Rostini aytsam, men hali ham o'rganyapman. Xabarlarim bilan ko'pchilikni emociyalarini uyg'otaman. Ilgari o'ylamasdan biror bir narsani joylashtirgandirman. Biroq, hozirgi kunda odamlarning sezgirligiga ko'proq etibor beraman. SHuning uchun o'zim bilgan narsalarni yozaman va bir necha kishiga yuboraman. Ko'p hollarda hammasi yaxshi. Ammo bazida ular "Bilasanmi, hozir buning vaqti emas" deyishadi. Xullas, hamisha kerakli fursatni tanlashga harakat qilaman. 


-Tanlagan vaqtingiz to'g'ri bo'lsa ham xabar malum sinovdan o'tadi...

-Butun bir hayotim sinovlardan iborat. Umuman olganda, yangi narsaning o'zi yo'q. Men savollarimga javob oldim. Sohamdagi buyuk shaxslar "Har bir hayot muhim" deyishgan. Ha, albatta shunday. Lekin bugun biz har bir odam teng bo'lishiga qarshi chiqmoqdamiz. Bu muammoni kelajakka qoldirmay hal qilishimiz zarur.


-Siz o'zingizni ikki rang qorishmasi sifatida qanday his qilasiz?

-Men ham qora ham oq tanli qarindoshlarim borligidan baxtiyorman. Men o'zimda ikki dunyoni birlashtirganman. Ko'plab oq tanlilar bilan ishlayman, bazan ularning shubhalarini, asabiyligini his qilaman. Ular nimadir deyishni xohlashadi, lekin noto'g'ri gapirib qo'yishdan cho'chib jim yurishar, ehtimol.

Qisqasi hozir bir-birimizni tarbiyalashimiz, chiniqtirishimiz lozim bo'lgan payt. Xo'jayinim bilan o'tirganimda "Nega men jamoadagi terisining rangi boshqacha bo'lgan kam sonli kishilardanman?"- deb so'radim. U javob berdi: "Oh, men bu haqida o'ylab ko'rmagan ekanman" va "Men esa ulardan biri bo'lganim uchun o'yladim" dedim. U bilan qancha uzoq suhbatlashganim sayin meni yanada yaxshiroq tushunardi. Mavsum avvalida unga boshdan kechirganlarimning barchasini so'zlab berdim. Nazarimda, bu - kalit. "Mercedes"ning tarixi va hozirgi kuniga qarang. Bizda boshqalarga ijobiy tasir o'tkazish imkoniyati bor" - dedim. U esa avtomobillardan kumush rangni o'chirib, qora rangga bo'yashga va irqchilikka qarshi ekanligiga meni ishontirdi. Garchi, men aqldan ozgandek tuyulsam ham bir qancha inqilobiy ishlar yuz bermoqda. Va siz haqsiz. Muammolar ham odamlar sonidek ko'p. "Nega bu haqida gapirmayapsiz?, Nega u haqida gapirmayapsiz?" SHunchaki, siz hamma narsa haqida gapira olmaysiz. Energiya sarflashingiz kerak bo'lgan boshqa millionlab muammolar mavjud.

 

-Tenglik uchun kurash yo'lida sport yana nima qilishi mumkin?

 -O'ylaymanki, hali biz ko'p ish qila olamiz. Futbolga qarang. Bu - millionlab muxlislari bo'lgan katta sanoat. Men o'zim futbol ishqiboziman va ushbu sport turidagi daxshatli tengsizlikni ko'rganman. Yuzlab sport turlarida jamoa egalari daromadi kamayishidan qo'rqqanligi tufayli siyosiy ishlarga arashishga ikkilanishadi. Ammo tobora irqiy tenglik uchun kurashga qo'shilganlarning soni ortib boryotganligini ko'rish yoqimli. Formula-1 ning ham ushbu kurashga kirib kelgani yanada sevintiradi.

 

-Rahbarlar, homiylar va nazorat organlari qarshi chiqqanda bu tempni qanday saqlab qolish kerak: sizningcha davom etish yaxshiroqmi?

-Bunday hollarda g'oyamizni barchaga eslatib turish uchun tiz cho'kish usuli eng yaxshi va to'g'ri yo'ldir. CHunki, biror voqea yuz bersa jimgina unitiladi. Ammo bu adolatsizlik yuzlab yillardan beri davom etib kelmoqda. Bularning bariga qarshi tura olishimiz uchun talimga jiddiy etibor qaratish va buni insonlar ongida saqlashimiz talab etiladi. Poyga boshlanishi oldidan irqiy adolatsizlikka qarshi kurashimiz haqida gapirilgan kichik video namoyish etildi. Bu bizning ilk qadamimiz va bu insonlarni ilhomlantiradi. Siz mening ijtimoiy tarmoqlardagi postlarimni ko'rgansiz, bu odamlarni ko'zlarini ochadi, ularni harakatga chorlaydi. Mening biznesimda minglab boshqa sheriklarim bor. Har bir jamoada qancha homiy borligini Xudo biladi. Tormozlar, uglerod materiallari kabi qismlarni etkazib beruvchilar mavjud. O'z g'oyamiz bilan kirib borishimiz mumkin bo'lgan tarmoqlar juda ko'p.

-Qanday qilib butun sportni qamrab olishingiz mumkin?

-Menda hamma savolga javob yo'q. Lekin yo'l-yo'lakay o'rganaman. Men va siz bularni birdaniga to'xtata olmaymiz. Axir Qo'shma SHtatlarda har yili bir nechta qurbon bo'ladi. Amerika - bu reallik. Men bu "film"larning barchasini tomosha qilib ulgayganman. Amerika shunchaki orzu. AQSH jamiyati va madaniyati bilan alohida bog'liqlikni his qilmoqdaman. U erda sodir bo'layotgan voqealar butun dunyodagiga qaraganda muhimroq. Filmlar chiqqach odamlar tomosha qilishadi, yangi musiqa yaratilganda butun sayyoradagi insonlar tinglaydilar. Ko'ngilsiz hodisa yuz bersa, bu boshqa mamlakatlarga ham tasir qilishi mumkin deb o'ylayman. Bizdan esa to'g'ri tizimni yo'lga qo'yish, unga to'g'ri shaxslarni masul qilish talab etiladi.


-SHunday qilib, siz buyuklikka erishmoqdasiz. SHu bilan birga ovozingiz katta rol o'ynay boshladi. Sizning poygachi va ijtimoiy o'zgarishga chaqiruvchi sifatidagi qadriyatingiz nima? Ikkisidan qay biri muhimroq?

  -Ha, albatta. Poyga - bu mening hayotim. Bolaligimdan bularni orzu qilardim. Ulgayganimda Supermen yoki F-1 chempioni bo'lishni xohlardim. Poygachilar malum muvaffaqiyatga erishish uchun bitta maqsadga etibor qaratish kerak degan manoda xudbinlarcha harakat qilishadi. Ulg'ayib katta yutuqlarga ega bo'ldim. Ammo shohsupada yoki dam olish kunlarida o'ylardim: Bu aslida nimani anglatadi?

 -Ha, buni eshitish kutilmagan holat.

-Muvaffaqiyatli odamlar mehnatsevarlik hamda g'alabani alo kayfiyatda nishonlaydilar. Lekin, shaxsan men har doim bo'shliqni his qilardim - go'yo bu mendan ko'ra tomoshabinlarga kerakdek. Men bu yutuqlarim bilan nima qila olishimni tushunishni istardim. Diqqat markazidaman - odamlarga qanday qilib ijobiy munosabatda bo'lishim, ularni ruhlantirishim mumkin? Qanday qilib odamlarni to'g'ri ish qilishga, takomillashtirishga, o'zlariga qarshi kurashishga va voz kechishni rad etishga yo'naltirish kerak?

Odamlar mendan tez-tez so'rashadi: "Sizni muvaffaqiyat qozonishga nima undaydi? Bunday matonatni qaerdan topasiz?"- deb. Men ko'plab boshqa insonlarning jasoratidan ruhlanaman va har doim oilam qaerdan ekanligi, ular men uchun nimalar qilganini yodda tutaman. Har qachon sodir bo'layotgan voqealarni oddiy qabul qilmaganman. Ammo bu yil o'zimni "Black Lives Matters"ning boshqa azolari qatorida ancha kattaroq natija uchun kurashganimni his qilmoqdaman. 

Men BLM formasiga munosib bo'lishda, odamlarga motivaciya berishda davom etaman va o'zgarish uchun kurashaman.

Opamning ikki nafar farzandi bor. Endi men tog'aman. Men bu bolalarni ko'rib o'ylayapman: Dunyoning ahvoliga qarang! Bizning vazifamiz farzandlarimiz uchun dunyoni yaxshiroq tomonga o'zgartirish. Men ular uchun katta masuliyatni his qilyapman. Bu har qanday chempionat va g'alabalarga qaraganda ancha muhim.

Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing