16 sen 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

“Menimcha, Xabib Getjidan o'tadi”
UFC jangchisi Umar Nurmagomedov akasi Xabib Nurmagomedov va Jastin Getji o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
“Menimcha, Xabib Getjidan o'tadi. Jastin barcha janglarida charchab qolganini ko'rishimiz mumkin. U Toniga qarshi kechgan bahsda ham charchadi, lekin Toni undan ham ko'proq charchagani sababli Getji g'alaba qozongandi”,-dedi Umar.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Getji jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi. O'sha kungi oqshomda Umar Nurmagomedov ham o'zining UFC'dagi debyut jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar