So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

19 iyu 18:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Menni Pakyao - Mario Barrios jangi uchun mashhur bokschilarning taxminlari

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda sakkizta vaznda sobiq jahon chempioni Menni Pakyao 4 yillik tanaffusdan so'ng ringga ko'tariladi.

Filippinlik 46 yoshli afsona Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomining asosiy jangida yarimo'rta vazn toifasida amaldagi WVC chempioni, o'zidan 16 yoshga kichkina bo'lgan amerikalik Mario Barriosga qarshi kamar uchun jang o'tkazadi. 

Pakyao so'nggi jangini 2021 yilning avgust oyida kubalik Yordenis Ugasga qarshi o'tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchragan edi.

Menni vaqt mashinasini ortga qaytarib, Barriosni mag'lub eta oladimi? Bukmekerlar Mario ushbu jangda yaqqol favorit deb hisoblamoqda. Mashhur charm qo'lqop ustalari qanday fikrda? Ularning bir necha nafari aytgan taxminlarni etiboringizga havola qilamiz.


SHon Porter, yarimo'rta vaznda sobiq jahon chempioni, Pakyaoning sobiq sparring sherigi

"Menni hali ham avvalgidek harakat qilayotganini ko'rish hayratlanarli edi. Ha, uning mashg'ulot lagerida yillar davomida nima qilgan bo'lsa, shuni amalga oshirayotganini ko'rish. O'ylaymanki, Pakyao 12 raundlik jangga tayyor. Menimcha, u yaxshi sport formasiga kirib oldi. Yoshi katta bokschilar haqida nima deyishlarini bilasizmi? Eng oxirida ketadigan narsa kuchdir. Barrios Pakyao uchun ideal uslubga ega. Tajriba bu jangda o'z so'zini aytsa kerak".


Erik Morales, to'rt vaznda sobiq jahon chempioni, Mennining sobiq raqibi

"Biz bokschilar boshqa odamlar ko'rmaydigan bazi narsalarni ilg'aymiz. Aksincha, odamlar biz ko'rmaydigan narsalarni ko'rishadi. Buni ham tan olaman. Menni u erga borishni va yutishni xohlaydi. Menda ham shunday tuyg'u bor edi, uning yana chempion bo'lish istagini tushunaman. O'ylaymanki, unda bu jangda final gongigacha dosh bera oladigan salohiyat bor. Ammo Barriosning yoshligi unga g'alaba qozonish uchun yordam beradi, deb hisoblayman."


Amir Xon, birinchi yarimo'rta vaznda sobiq jahon chempioni, Olimpiada-2004 kumush medali sovrindori

"Barriosga qarshi jang - Menni Pakyao uchun ideal qarama-qarshilik. Men Barrios bilan sparring mashg'ulot o'o'tkazdim, u bilan mashq qildim. U juda yaxshi jangchi. Ammo Mario Menni Pakyao kabi bokschi uchun hech qanday xavf tug'dirmaydi. Bu og'ir jang bo'lmaydi. Barrios filippinlik uchun oddiy raqib".


Bernard Xopkins, o'rta va yarimog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni

"Men Menniga muxlislik qilaman, chunki bilaman: agar kimdir bunga qodir bo'lsa, bu uning o'zi. Menimcha, Barrios V+ darajasidagi bokschi. Ha, Pakyao allaqachon katta yo'l bosib o'tgan. Siyosiy va aqliy jihatdan yuksaklikka erishgan. Unda apset qilish uchun tezlik va tajriba bor. Bundan tashqari, Menni ochkolar bo'yicha g'alaba qozonishi mumkin. Nokaut bo'lmaydi".


Xuan Manuel Markes, to'rt vaznda sobiq jahon chempioni, Pakyao bilan to'rtta jang o'tkazgan

"Agar Menni o'zini yaxshi his qilsa, tizzasi va elkasi bezovta qilmasa... Agar u jangga mukammal, yani jarohatlarsiz yondashsa. U holda, menimcha, undan nusxa ko'chirish kerak emas. Ko'ramiz, Pakyao ringda nimani oshkor qilarkin. U tajovuzkor bokschi bo'ladimi? U o'zining zarbdor kuchiga ishonadimi? Yosh ulg'aygan sari kuch hammadan keyin ketadi, deyishadi. Menni - tarixni qayta yozmoqchi bo'lgan jangchi. SHunday qilib, unga imkoniyat beramiz. Ko'ramiz, Barrios uning zarbalariga qanday javob qaytaradi".


Jessi Rodriges, ikkinchi engil vazn toifasida WVC chempioni

"Mario Mennini do'pposlaydi. Pakyao juda qari. U shubhasiz, afsona va ko'p narsaga erishgan, lekin men unda qaytishdan mano ko'rmayapman. Ammo agar u Mario bilan ringga chiqmoqchi bo'lsa, demak, Barrios ortida yoshlik borligini ko'rsatishiga to'g'ri keladi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing