03 may 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao ringga qaytadi va WBC kamari uchun jang qiladi
Sakkizta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik 46 yoshli Menni Pakyao yana ringga qaytmoqda.
U WBC yo'nalishi bo'yicha yarim o'rta vazndagi jahon chempionligi uchun amerikalik Mario Barriosga qarshi jang qiladi.
"Hozirda Mario Barrios Menni Pakyao bilan iyul oyidagi jangga tayyorgarlik ko'rmoqda", — dedi WBC prezidenti Maurisio Suleyman “X” (sobiq Twitter)dagi Source of Boxing akkauntiga.
Eslatib o'tamiz, Pakyao oxirgi rasmiy jangini 2021 yil avgustda kubalik Yordenis Ugasga qarshi o'tkazgan va hakamlar qarori bilan yutqazgan. Uning umumiy faoliyatida 72 jang bor: 62 g'alaba (39 ta nokaut), 8 mag'lubiyat va 2 durang.
Havola :
Manba : Source of Boxing
Fikrlar