30 dek 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Menni Pakyao - Rolando Romero jangi o'tkazilmaydi! G'iyosov uchun imkoniyatmi?
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao WBA kamarining amaldagi sohibi Rolando Romeroning navbatdagi raqibi bo'lmaydi.
Bokschilarning vakillari 2025 yilning oktyabr oyidan buyon jang haqida muzokara olib borishgan. Ehtimoliy sana sifatida mart oyi ko'rsatilgan, tegishli elon bir vaqtning o'zida Premier Boxing Champions kompaniyasi veb-saytida ham paydo bo'lgan, ammo yakunda tomonlar kelisha olmadi.
The Ring nashrining yozishicha, bunga Romero reytingning birinchi raqamli jangchisi SHahram G'iyosovga qarshi kamar himoyasini o'tkazish majburiyatini olganligi sabab bo'lgan.
Avvalroq Romero G'iyosovning janglarini ko'rmagani va uning kimligini umuman bilmagani uchun u bilan uchrashmoqchi emasligini aytgandi. "Agar men seni bilmasam, sendan qarzdor emasman", - degandi Romero.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar