28 jan 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao shu hafta navbatdagi raqibi nomini elon qiladi
Yarimo'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Menni Pakyao navbatdagi jangi bo'yicha muzokaralar o'z yakuniga etib qolganini aytdi.
"Muzokaralarni shu hafta yakunlaymiz. Barchasi aniq bo'lganidan so'ng keyingi raqibim kim bo'lishini elon qilamiz", - dedi 42 yoshli filippinlik bokschi.
Eslatib o'tamiz, Pakyao so'nggi jangini 2019 yilning iyulida o'tkazgandi. Avvalroq, unga Errol Spens, Terens Krouford yoki Rayan Garsiya kabi bokschilardan biri raqiblik qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : Pfilstar
Fikrlar