13 may 18:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao yangilangan WBC reytingiga kiritildi
Olti vaznda sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoning yana katta boksga qaytayotgani xabar qilingan edi.
Qizig'i, filippinlik 46 yoshli boks afsonasi yarimo'rta (66,7 kg.gacha) vazn toifasining yangilangan Butunjahon boks ittifoqi (WBC) reytingiga kiritildi. U reytingda 5-o'rindan joy olgan. Vazn chempioni amerikalik Mario Barrios bo'lib turibdi.
Yarimo'rta vazn WBC reytingi (Top-10):
CHempion – Mario Barrios (AQSH).
1. Devin Xeyni (AQSH).
2. Suleyman Sissoko (Franciya).
3. Konor Benn (Buyuk Britaniya).
4. Egidiyus Kavalyauskas (Litva).
5. Menni Pakyao (Filippin).
6. Raul Kuriel (Meksika).
7. Tulani Mbenge (Janubiy Afrika Respublikasi).
8. Eymantas Stanionis (Litva).
9. Abel Ramos (AQSH).
10. Aleksis Rocha (AQSH).
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar