19 may 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Merab Dvalishvili Genri Sexudoning chorloviga javob qaytardi
Gruziyalik UFC jangchisi Merab Dvalishvili tashkilotning ikki vaznida sobiq chempioni Genri Sexudoning chorloviga munosabat bildirdi.
Sexudo avvalroq Dvalishvilini jangga chorlab, Merab ustidan qozonilgan g'alaba unga yana chempionlik uchun kurashish imkoniyatini berishini aytgan edi.
"Genri, men Aljemeyn Sterling bilan jangingdan so'ng chorlovingni qabul qilib bo'lganman, lekin UFC menga shartnoma yubormadi. Hozir o'ng qo'limni operaciya qildirganim uchun biroz kutishingga to'g'ri keladi. Men temir musht bilan qaytaman, lekin bunga vaqt kerak, og'ayni", - deb yozdi Dvalishvili ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Malumot uchun, Merab Dvalishvili so'nggi jangida hakamlarning yakdil qarori bilan rossiyalik Petr Yanni mag'lub etgandi. Sexudo esa o'zining chempionlik uchun kurashda Aljemeyn Sterlingga mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar