05 may 17:08
Yangiliklar
Merab Dvalishvili o'z jangini tasdiqladi. Sana va manzil malum
Yaqinda AQSH fuqaroligini olgan Merab divizion chempioni SHon O’Melliga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang 14 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 306 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Jangga 2,3 milliard dollarga baholanadigan "Sfera" arenasi mezbonlik qiladi.
Merab Dvalishvili ayni paytda Hindiston safarida bo'lib turibdi. Muxlislar bilan uchrashgan Merab UFC India nashriga intervyu berdi va unda SHonga qarshi jangini elon qildi.
"Sentyabr oyida "Sfera"da SHon O'Melliga qarshi jang qilaman", — degan Dvalishvili.
Bu 2017 yilda UFC promousheniga qo'shilgan Merab uchun ilk chempionlik jangi bo'ladi. U o'zining so'nggi jangini 18 fevral kuni UFC 298 turnirida ikki vaznda sobiq UFC chempioni amerikalik Genri Sexudoga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. O'Melli esa so'nggi jangida 10 mart kuni UFC 299 turnirida Marlon Vera bilan uchrashib, raqibidan revansh olishga muvaffaq bo'lgandi.
Fikrlar