18 apr 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Merab Dvalishvili Petr Yan bilan jang qilishi mumkin
UFC chempioni Aljemeyn Sterlingning do'sti Merab Dvalishvili Petr Yanga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Bizning jang bo'lishi mumkin, lekin hozir emas. CHunki, ayni paytda bizning jang hech kimga qiziq emas. Men iyun oyida boshqa bir sobiq chempionga qarshi oktagonga ko'tarilaman. Yan kuchli va ajoyib jangchi. Uning harakatlariga tan beraman.
Ammo, men Aljo bilan do'stman va doim u bilan birga bo'laman. Yanga hech qanday adovatim yo'q. SHunchaki, men do'stim tomonda bo'laman", - dedi Dvalishvili.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar