16 may 15:04
Yangiliklar
Merab Dvalishvili taksida avtofalokatga uchradi + FOTO
Bu haqda gruziyalik aralash yakkakurash ustasining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bergan.
"Bu dahshat. Nyu-Yorkka kelganimga bir kungina bo'ldi va shunday syurprizlar meni kutib oldi. Men taksida ketayotgan edim. SHu payt ketma-ket mashinalar kelib urildi. Men orqa o'rindiqda o'tirgandim. Zarba aynan men o'tirgan tomonga bo'ldi. Yaratganga shukur, hech qaerim lat emadi", - dedi Merab.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Merab Dvalishvili shu yilning fevral oyida Anaxaymda o'tgan UFC 298 turnirida amerikalik ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu uning ketma-ket qo'lga kiritgan o'ninchi g'alabasi bo'lgandi. Endi u amaldagi chempion SHon O’Melliga qarshi oktagonga chiqishi kerak.
Fikrlar