So’nggi yangiliklar

15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0

15 okt 08:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Merab Dvalishvili tarixiy UFC rekordini yangilashga tayyor

O'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili yilning so'nggi raqamlangan turnirida rossiyalik Petr Yandan kamarini himoya qiladi.

Bu gruziyalik chempion uchun 2025 yil hisobidan to'rtinchi chempionlik himoya jangi bo'ladi. 

"Bu ajoyib jang bo'ladi. U sobiq chempion, unda UFC oktagonida qo'lga kiritilgan ko'plab g'alabalar bor. Janglar orasida haqiqatan ham qisqa vaqt bor, lekin bu yaxshi - men bandman va mart oyida yana jang qilishga tayyorman. Fevral oyida Avstraliyada turnir bo'ladi, lekin u erda menga jang berishmaydi deb o'ylayman. Mart oyi esa ideal muddat", - dedi gruziyalik jangchi Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.

Dvalishvili ikki yarim yil oldin oktagonda to'qnash kelgan rossiyalik raqibini ochiqchasiga yomon ko'rgan. Ammo chempionning takidlashicha, dushmanchilik ortda qolgan.

"Men unga normal munosabatdaman. Uni yaxshi jangchi va oilaparvar inson sifatida juda hurmat qilaman - uning chiroyli oilasi, ikki farzandi bor, u yaxshi ota. Barakalla! Umid qilamanki, endi u inson sifatida yaxshi bo'lib qoladi", - deya vaziyatga izoh berdi Dvalishvili.

Eslatib o'tamiz, Merab Dvalishvili 2023 yilda hakamlarning yakdil qaror bilan Petr Yanni mag'lub etgandi. Agar u yana rossiyalikni mag'lub eta olsa, o'z nomini tarixga yozdirib qo'yadi. Boisi, Merab bir kalendar yilida to'rtta muvaffaqiyatli chempionlik himoyasini o'tkazgan dunyoning birinchi UFC jangchisiga aylanadi.

"Yutqazishdan qo'rqmayman. Men jangchiman va barcha janglarda g'alaba qozona olmasligimni tushunaman, lekin ishimni yaxshi ko'raman. Yuqorida aytganimdek, menga jang tayinlanganida, ko'proq diqqatni jamlayman, sog'lom turmush tarzini olib boraman va shunchaki yaxshiroq bo'lishni xohlayman", - deya so'zlariga yakun yasadi chempion.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing