25 fev 07:22
Yangiliklar
Merab Dvalishvili yangi Liga bilan shartnoma imzoladi + FOTO
Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi Real American Freestyle professional kurash ligasi bilan shartnoma imzoladi. Uning debyut bellashuvi 18 aprel kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan RAF 8 turniri kardini to'ldiradi. Tashkilot Merab bilan shartnoma imzolaganini rasman elon qildi. Uning raqibi keyinroq oshkor etiladi.
Eslatib o'tamiz, Merab Dvalishvili o'tgan yilning dekabr oyida rossiyalik Petr Yanga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib, chempionlik kamarini boy bergandi. Yan va Dvalishvili o'rtasidagi uchinchi jang shu yilning yoziga rejalashtirilgan.
Avvalroq malum bo'lishicha, RAF ligasiga Dvalishvilining do'sti va sparring sherigi Aljameyn Sterling ham qo'shildi. U qisqa muddatda jangni qabul qildi va CHed Mendesning o'rnini egallaydi. Sterling shu hafta oxirida RAF 6 turnirida engil vazn toifasida UFC va WEC sobiq chempioni Benson Xendersonga qarshi kurashadi.

Fikrlar