01 avg 17:46
Yangiliklar
Messi "Kolambus"ga qarshi o'ynaydimi? "Inter Mayami" murabbiyi javob berdi
Murabbiyning aytishicha, hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan. CHunki argentinalik futbolchi JCH-2026`dan keyin endigina klub ixtiyoriga qaytgan.
"Bu masalada muloqot qilib turibmiz. Messi endigina qaytdi. Hali u bilan batafsil suhbatlashishga ulgurmadik.
Biz uning va Rodrigo De Paulning jamoaga qaytganidan juda xursandmiz. Ularni yana klubda ko'rish juda yoqimli", - dedi Oyos.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Lionel Messi JCH–2026 yakunlanganidan so'ng chorshanba kuni "Inter Mayami" safidagi ilk mashg'ulotida ishtirok etdi.
"Inter Mayami"ning "Kolambus Kryu"ga qarshi MLS uchrashuvida Messining maydonga tushish-tushmasligi bo'yicha yakuniy qaror esa o'yin oldidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar