26 may 10:13
Yangiliklar
"Metro Lyublino"ni yutgan Sanjar Zokirov MMA Grand Prix ligasi bilan shartnoma imzoladi
Bugun o'zbekistonlik 19 yoshli aralash yakkakurash ustasi Sanjar Zokirov (5-0) Qozog'istonning Olma-Ota shahrida o'tkaziladigan Naiza 51 turnirida jang qilishi lozim edi. Ammo hamyurtimiz kerakli vazn meyorini bajara olmadi va uning jangi bekor bo'ldi.
Etiborlisi, Zokirovning jangi bekor bo'lishidan avval uning Franciyaning MMA Grand Prix ligasi bilan shartnoma tuzgani elon qilindi.
"G'alabalarni atigi 19 yoshida zanjirband qilgan yigit. Biz MMA Grand Prix ligasining yosh vunderkind bilan shartnoma imzolaginini rasman elon qilishdan mamnunmiz", - deyiladi tashklot xabarida.
Endilikda Zokirov mazkur ligadagi debyutini 17 iyun kuni Bordo shahrida yoki 7 iyul kuni SHveycariyaning Jeneva shahrida o'tkazishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Sanjar o'zining so'nggi jangini 22 mart kuni Octagon 43 turnirida tojikistonlik Saymumin "Metro Lyublino" Madievga qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi.
Fikrlar