05 may 07:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer o'zi jang qilgan eng kuchli bokschi nomini aytdi
Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o'zi ringda to'qnash kelgan eng kuchli bokschi kimligini aytdi.
"Men to'qnash kelgan eng kuchli bokschi bu - Menni Pakyao! Hammasi uning ringda harakatlanishi bilan bog'liq. U judayam kuchli va ajoyib bokschi. Men Pakyaoning nega bunchalik ko'p janglarda g'alaba qozonganini va nima uchun shon-shuhrat zaliga qabul qilinganini juda yaxshi tushunaman", - dedi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, 2015 yilda Meyvezer Pakyaoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar