08 sen 15:54
Yangiliklar
Meyvezer o'zini tanqid qilganlarni irqchilik va hasadgo'ylikda aybladi
"Nafaqaga chiqish - janglarda chiqish tempini sekinlashtirish emas, o'zingga qulay sharoitda yashashdir. Men o'zim uchun janglarni tanlaydigan hayotgan etib kelish uchun qattiq mehnat qilganman. Agar bu janglar haligacha menga millionlab daromad olib kelayotgan bo'lsa, bu yanayam zo'r!
Ko'rgazmali janglar muxlislar uchun mening imkoniyatlarimni ko'rish uchun imkoniyat. Istalgan biznesmen va rahbar shunday qilgan bo'lardi.
Jeff Bezos uchun 60 yosh, Bill Geyts uchun 68 yosh, Uoren Baffet uchun 93 yosh boyliklarni ko'paytirish uchun normal holat. Ular aqlli biznesmen sifatida mashhurlar. Ammo men qora tanli erkak, ulardan yosh bo'lsam ham ular kabi qaror qilsam, bu tanqidchilar uchun muammoga aylanmoqda. Sizlarning ko'pchiligingiz mening cho'ntagimni kuzatish bilan band bo'lib qolyapsiz", - dedi Meyvezer.
Fikrlar