06 noy 09:46
Yangiliklar
![](/upload/storage/48114_220.jpg)
Meyvezer o'zining MMAdagi ilk raqibiga tarif berdi
U 2018 yilning so'nggi kunida yaponiyalik Tensin Nacukavaga qarshi oktagonga chiqadi. Engilmas Meyvezer o'zining oktagondagi ilk raqibi haqida gapirdi.
“U juda ham yosh va oktagonda tez harakat qiladi. Eng muhimi, u hali mag'lubiyatga uchramagan. Aynan shu holat odamlarning jangga qiziqishini yana ham oshirmoqda. Men bejizga Yaponiyani tanlamadim. Kunchiqar yurtda MMA janglari, umuman shoularni yaxshi ko'rishadi.
Meni jang qonun qoidalari aslo bezovta qilmayapti. Yaqin ikki hafta ichida jang qanday qoidalar asosida o'tkazilishi malum bo'ladi. Men shunchaki Yaponiyaga borib, o'z qobiliyatimni namoyish qilaman. Asosiy vazifam AQSHdan tashqarida jang o'tkazish edi va men o'z niyatimga etish ostonasida turibman”, - dedi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, Meyvezer yaqinda RIZIN kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Kelishuvga ko'ra, u MMAdagi ilk jangini 31 dekabr kuni Yaponiyaning Saitama shahridagi “Saitama Super Arena”da mezbon sportchi Tensin Nacukavaga qarshi oktagonga chiqadi.
Fikrlar