16 mar 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/30359_220.jpg)
Meyvezer qachon UFC jangiga tayyor bo'lishini aytdi
Boks afsonasi Floyd Meyvezer tez kunda aralash qoidalar bo'yicha UFC jangiga ushbu sport turida jahon chempioni Tayron Vudli bilan birgalikda mashg'ulotlarni boshlashini malum qildi.
“Yaqin kunlarda UFC jangiga tayyorgarlikni boshlayman. Bu borada Vudli bilan kelishib oldik. Jangga tayyor bo'lishim uchun taxminan 3 oy vaqt kerak bo'ladi.
Balki 6-8 oy kerak bo'lar? Nima bo'lgan taqdirda ham, eng muhimi jangga tayyor holatda etib borish. Agar UFC tomonidan meni qoniqtiradigan gonorar taklif qilinsa, jang albatta o'tkaziladi”, – dedi Meyvezer.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar