27 okt 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47540_220.jpg)
Meyvezer UFC bilan 9 xonali gonorar evaziga shartnoma imzolamoqchi
Amerikalik engilmas bokschi Floyd Me yvezer 9 xonali gonorar evaziga UFC tashkiloti bilan shartnoma imzolash istadagi ekanligini malum qildi.
Floydga yaqin manbaning xabar berishicha, Meyvezer UFC prezidenti Dana Uayt bilan muzokara o'tkazishga ham ulgurgan. Agar shartnoma imzolansa, Floyd Meyvezer aniq 9 xonali summaga teng gonorarga ega bo'ladi.
Uning Konor Makgregorga qarshi o'tkazgan jangi amerikalik bokschi uchun 600 million dollar keltirgan edi. Bugungi kunga kelib, Xabib Nurmagomedov mashhurlikda Konordan o'tib ketdi.
Agar kutilayotganidek, Moskvadagi “Lujniki” stadionida Xabib va Floyd o'rtasidagi boks jangi tashkil qilinsa, u holda Meyvezerning daromadi 1 milliard dollardan kam bo'lmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar