25 fev 08:46
Yangiliklar
Meyvezer va Pakyao revansh jangiga munosabat bildirdi
"Men u bilan jang o'tkazib, uni do'pposlaganman. Bu safar ham natija shunday bo'ladi", - dedi 48 yoshli Floyd.
"Men Floyd o'zining professional rekordida bitta mag'lubiyat bilan yashashini va uni kim qo'llaganini doimo yodda tutishini istayman", deb javob berdi 47 yoshli filippinlik.
Avvalroq, Meyvezer va Pakyao o'rtasidagi revansh jangi 19 sentyabr kuni Las-Vegasdagi "Sfera" arenasida bo'lib o'tishi rasman elon qilingandi. Ringni bo'lishdan oldin har ikki bokschi aprel oyida ko'rgazmali janglar o'tkazadi - Meyvezer Mayk Taysonga, Pakyao esa rossiyalik Ruslan Provodnikovga qarshi ringga ko'tariladi.
Amerikalik va filippinlik o'rtasidagi birinchi jang 2015 yilda bo'lib o'tgan va Meyvezerning ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. O'sha jang 4,6 million dollar pullik translyaciyani sotish orqali mutlaq moliyaviy rekord o'rnatgandi.

Fikrlar