12 fev 07:22
Yangiliklar
Meyvezerni yana sudga berishdi. Yana pul masalasida. Bu safar aka-uka Pollar
O'tgan yilning oxirida YouTuber-bokschi Logan Polning so'zlariga ko'ra, sport afsonasi Floyd Meyvezer unga iyun oyidagi ko'rgazmali jang uchun pul to'lamagani malum bo'ldi. Darvoqe, jang pulli tizimda efirga uzatilgan va 1 milliondan ortiq PPV to'plagan.
SHundan keyin ish oldinga siljimadi va ular Meyvezerni sudga berishga qaror qilishdi. Bu haqda Loganning ukasi, shuningdek, bokschi Jeyk Pol malum qildi.
"U haqiqatan ham Loganga kerakli pulni to'lamagan. Bir-ikki hafta oldin unga qarshi sud ochilgan edi. U ham qonuniy va undan tashqarida ham bosim ostida, biroq umuman olganda, Floyd Meyvezerning akamga to'lashi uchun etarlicha puli yo'qligi sharmandali”, - dedi Jeyk.
Avvalroq, Meyvezer kriptavalyuta bilan bog'liq ishlarda ham ayblanib sudga berilgan edi.
Fikrlar