01 apr 10:27
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. Rus derbisida Medvedevning qo'li baland keldi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha nufuzli "Masters" turnirining finalchilari aniqlandi.
Jahonning beshinchi raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedev turnirning yarim final uchrashuvida ATR reytingida 16-o'rinda borayotgan hamyurti Karen Xachanovga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda 7/6, 3/6, 6/3 hisobida Medvedev g'alaba qozondi va musobaqaning finaliga yo'l oldi.
Bahs 2 soatu 18 daqiqa davom etdi.
Daniil Medvedevning turnir finalidagi raqibi italiyalik Yannik Sinner bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar