23 apr 14:18
Yangiliklar

"Midori Cup -2025" xalqaro turnirida karatechilarimiz birinchi bo'lishdi + FOTOGALEREYA
"NUR-HAS" karate markazi tomonidan o'tkazilgan musobaqada yurtimiz sportchilaridan tashqari Pokiston, Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi va Tojikistondan kelgan 150 nafardan ziyod karatechilar bir nechta yosh va vazn toifalarida g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Xalqaro turnir dunyoning 110 davlati orasida birinchilardan bo'lib Jahon karate tashkiloti prezidenti Kenji Midoriga bag'ishlab o'tkazildi.
Ushbu xalqaro turnir Osiyo chempionati hamda 31 may - 1 iyun kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladigan fullkontakt karate bo'yicha jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tab berdi. Karatechilarimiz bo'lajak nufuzli musobaqalarda Mutal Nazarov boshchiligida ishtirok etishadi.
Xalqaro turnir yakunida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Jami 25 ta vazn toifasidan 14 tasida bizning sportchilar chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Keyingi o'rinlarni Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston va Pokiston davlati karatechilari band etishdi.
Fikrlar