16 okt 07:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Milan derbisidan oldin "Inter"da jiddiy yo'qotish bor
"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches "Milan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
"ADN" xabariga ko'ra, futbolchi CHili termasi tarkibida jiddiy jarohat olgan. Ayni damda uning derbida qatnashishi so'roq ostida qolmoqda. SHuningdek, u ECHL doirasida "Borussiya"ga qarshi o'yinda ham qatnashmasligi mumkin.
"Inter" va "Milan" jamoalari ishtirokidagi o'yin 17 oktyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ushbu mavsumda forvard Italiya chempionatida 3 o'yinda qatnashdi va 2 golga assistentlik qildi.
Sanchesning "Inter" bilan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : ADN
Fikrlar