01 may 08:04
Yangiliklar
Ot Sporti
Millatlar kubogining navbatdagi kunida qozog'istonlik chavandoz g'olib bo'ldi
Toshkentda o'tayotgan konkur bo'yicha Evrosiyo ligasi Millatlar kubogi musobaqasining navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi.
Unda sportchilar “CSIO1*W HEFU President's Cup 2023" dasturida o'z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Qiziqarli kurashlarga boy bo'lgan ushbu yo'nalishda "U Core De La Vile" laqabli otda ishtirok etgan qozog'istonlik CHingiz Malikajdar eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. "Brand Plus"da chiqish qilgan Umid Kamilov kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Azam Tolibbiev "Class X" bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar