So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

04 may 08:16
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo

"Milliy gvardiyachilar" Islom Karimov muzeyida FOTOGALEREYA

Kecha "Milliy gvardiyachilar" taniqli sportchilarimiz bilan birga ikkita tadbirda ishtirok etishdi.

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” sport kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi, ixtisoslashtirilgan o'quv Markazi bilan hamkorlikda Buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil davlatchiligimiz asoschisi, O'zbekistonning birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug'anievich Karimov nomidagi muzeyga tashrif buyurishdi. 

Muzeyga sayyohat davomida birinchi Prezidentimizni xotirlab xarbiy xizmatchi va sportchilar bilan esdalik uchun fotosuratga tushildi. SHu bilan birga yodgorlik majmuasi tarkibiga kiradigan muzey, ilmiy-tadqiqot va talim markazi hamda kutubxonaga ekskursiya qilindi. 

O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining mustaqillikka erishishga qo'shgan ulkan hissasi, bu insonning tarixiy roli, jahon xamjamiyatidagi obro'si, shuningdek, hayoti va faoliyati bilan tanishildi. 

SHu bilan birga “Dinamo” JTSJKning boks zalida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug'bek tumani Kengashi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” JTSJK, sport kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi, Ixtisoslashtirilgan o'quv markazining harbiy xizmatchilari bilan Milliy gvardiya bo'linmalarida xizmat o'tayotgan professional, xalqaro arenalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilar bilan birgalikda “Master klass” tadbirlari o'tqazildi. 

Mahorat saboqlarini ikki karra jahon chempioni, ikki bor Osiyo o'yinlari g'olibi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi, mayor Elshod Rasulov, uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, ikki karra Jahon chempioni, “O'zbekiston iftixori”, “El-yurt hurmati” ordeni, “O'zbekiston” belgisi ko'krak nishoni sohibi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi, mayor Rishod Sobirov, ikki karra Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, Jahon chempionati sovrindori, serjant Baxodir Jalolov, “Dinamo” sportchilari Murodjon Ahmadaliev, Sanjar Tursunov, Dilshod Ro'zmetov, boks bo'yicha milliy terma jamoa katta murabiyi, “Uzbek Tigers” bosh murabbiyi To'lqin Qilichev o'tqazishdi.

Bu orqali yoshlarni jismoniy tarbiyaga keng jalb qilish, sport turlarini ommaviylashtirish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlikning oldini olish, ularni turli salbiy tasirlardan saqlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarini taminlashga urg'u qaratildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing