So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

23 dek 15:52
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Milliy olimpiya qo'mitasida “Sportda dopingga qarshi kurash” mavzusida seminar bo'lib o'tdi

Teglar :  Antidoping
Xabar berib o'tganimizdek, 21-23 dekabr kunlari O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi sportning ushbu turi murabbiy va mutaxassislari uchun xalqaro seminar o'tkazdi.

Poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasining anjumanlar zali seminarning dastlabki ikki kuniga mezbonlik qildi. Unga xalqaro ekspertlar ham taklif etilgan bo'lib, ular og'ir atletikaga oid turli mavzularda nazariy mashg'ulotlar o'tkazishdi. 

Jumladan, serbiyalik Milan Mixaylovich “Milliy federaciyalarda sport administraciyasi” va “Og'ir atletika bo'yicha texnik qoidalar” mavzularida seminar tinglovchilariga saboq bergan bo'lsa, rossiyalik Vladimir Saltikov ikki kun davomida asosan hakamlar bilan ishladi. SHuningdek, Mintaqaviy antidoping agentligi (MADA) vakili qozog'istonlik Kulman Nisanbaeva ham seminarga taklif etilgan edi.
Seminarning so'nggi kuni Milliy olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tdi. “Sportda dopingga qarshi kurash” mavzusida tashkil etilgan anjumanga nafaqat og'ir atletika, balki olimpiya oilasiga taluqli boshqa sport federaciya va associaciyalar bosh kotiblari, terma jamoa bosh murabbiylari va jamoa shifokorlari ham talkif etilishgandi.
Tadbirni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov so'zga chiqib, dopingga qarshi kurash masalasi bugungi kunda nihoyatda dolzarb mavzu ekanligiga urg'u berdi.
SHuningdek, joriy yilning o'zida mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga doir davlatimiz rahbarining 9 ta qaror va farmonlari elon qilingani, ushbu hujjatlar asosida yurtimizda nafaqat professional, balki ommaviy sportning rivojlanishiga ham alohida etibor qaratilishi, eng nufuzli xalqaro musobaqalarda yurt shanini ulug'layotgan sportchi va murabbiylarimiz rag'batlantirib borilishi xaqida gapirdi.
Seminarga maxsus taklif etilgan qozog'istonlik xalqaro ekspert Kulman Nisanbaeva esa o'z maruzasida sportda dopinga qarshi kurashish masalalari, sportchilar ovqatlanish racionini to'g'ri shakllantirish, taqiqlangan tibbiy preparatlar mavzusida nutq so'zladi. Tan olish lozim Mintaqaviy antidoping agentligi vakilining maruzasi ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi.

Seminar yakunida Oybek Kasimov xalqaro ekspertlar Milan Mixaylovich (Serbiya), Vladimir Saltikov (Rossiya) va Kulman Nisanbaeva (Qozog'iston)larga minnatdorchilik izhor etib, Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan esdalik sovg'alarini topshirdi. SHu tariqa O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi tomonidan tashkil etilgan uch kunlik xalqaro seminar yakunlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing