So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

30 dek 21:10
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Boshqalar

Milliy qadriyatimiz - belbog'li kurashda yangi davr boshlanyapti

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining navbatdan tashqari konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Poytaxtimizdagi “SHodlik Palas” mehmonxonasida o'tgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi masul vakili Bahodir Matnazarov, milliy olimpiya qo'mitasi vakili Azizbek Aliev, xalqaro belbog'li kurash federaciyasi prezidenti Rustam Isoqov, federaciya vice-prezidenti Nodir Rasulov, terma jamoa bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov va boshqa delegatlar ishtirok etishdi.


Rustam Isoqov raislik qilgan konferenciya kun tartibidan bir nechta muhim masalalar o'rin olgandi. Ulardan biri O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi prezidenti vakolati o'tib ketganligi bois yangi rahbarni tayinlash edi.

Hisobot-saylov konferenciyasi ishtirokchilari O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisiga taklif etilgan Umarov Arslan Ablaatovich nomzodini bir ovozdan maqullashdi. Isoqov Rustam Mo'ydinovich esa hamrais vazifasini bajaradigan bo'ldi.


Malumot uchun, avvalgi federaciya raisining vakolati 2016 yilning 26 fevral kuni tugagan edi. Federaciyaning yangi bosh kotibi sifatida Mamurjon Zokirov tanishtirildi. SHavkat Mirzaqulov terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlaydi. Bu mutaxassis bir necha yillar davomida belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionlarini tarbiyalagan va hozirda ham bu jarayon davom etmoqda.


Ana shunday jahon chempionlaridan biri Zohidjon Ortiqov Hakamlar hayati raisi etib tasdiqlandi. Hisobot-saylov konferenciyasi ishtirokchilari milliy qadriyatimiz hisoblangan belbog'li kurashni yangi bosqichga olib chiqish kabi boshqa muhim masalalarni ham muhokama qilishdi. 


Reyting:    

Fikrlar

   
25 jan 15:23:19
Jamol Maxamatov
Isoqov rustamga fydiratsiya otasidan myros qolganmi
   
25 jan 15:23:07
Jamol Maxamatov
Isoqov rustamga fydiratsiya otasidan myros qolganmi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing