So’nggi yangiliklar

19:19Рамазон Темиров UFC'даги кейинги жанги учун Таиландда тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0 18:40Оғир атлетикачиларимиз Ҳиндистондаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 18:16Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги UFC Боку турнири учун қизиқарли жанглар эълон қилинди 0 17:49Мессининг собиқ клуби банкротлик ёқасида 0 17:28Тошкентда ўтадиган Octagon 87 турнири асосий кардининг бир нечта жанглари тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:07Хабиб бир йил аввал Чимаевнинг Стрикленд билан жангдаги хатосини айтган эди 0 16:46Mangu 3 турнирининг қизиқарли жангларидан бири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:25"Манчестер Сити" Винисиусга даъвогарлик қилмоқда 0 16:04Шон Стрикленд кейинги рақиби ким бўлишини айтди 0 15:43Стрикленд — Чимаев билан треш-ток ҳақида: "Буни сизлар учун қилгандим, йигитлар" 0 15:22Британияда Жалолов — Итаума жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 15:01"Ливерпуль" "Реал"дан Хаби Алонсо ҳақида маълумот сўради 0 14:40"Тошкент, тайёрлан!". Жукембаев Эргашевга қарши жанг олдидан баёнот берди 0 14:19Хоразмда самбочилар хотира турнирида беллашди 0 13:58Дрикус дю Плесси Чимаев мағлубиятидан сўнг: "Менимча, яна чемпион бўламан" 0

27 dek 12:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Velosport, Dzyudo, Og'ir atletika, Taekvondo, Futbol, Sambo, Paralimpiya

“Milliy sport mukofoti-2025”ning barcha nominaciyalar bo'yicha g'oliblari + FOTOGAELEREYA

Kecha poytaxtimizda yil yakunlari bo'yicha bir nechta nominaciya bo'yicha “Milliy sport mukofoti-2025” tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Yakuniga etib borayotgan yil davomida o'zbekistonlik sportchilar jahon va Osiyo chempionatlari, shuningdek, kompleks musobaqalarda ishtirok etishdi. SHundan kelib chiqib, 2025 yilda O'zbekistonning eng yaxshi erkak sportchisi deb topilishi mumkin bo'lgan nomzodlar soni ham etarlicha edi. Jahon chempionati va VI Islom Birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan og'ir atletikachimiz Akbar Jo'raev "2025 yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topildi. U o'zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda 9 ta oltin medal qo'lga kiritdi. 

Ayollar o'rtasida bokschimiz Navbahor Hamidova "2025 yilnig eng yaxshi ayol sportchisi" deya elon qilindi. U shu yil jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sohibasiga aylandi. 

"Yilning eng yaxshi murabbiyi" sifatida shu yil yunon-rum kurashi terma jamoamizda to'g'ridan-to'g'ri bosh murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan Rustam Assakalov etirof etildi. "Yilning eng yaxshi terma jamoasi" nominaciyasida kutilganidek, boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi g'olib bo'ldi. 

"Yilning eng yaxshi sport federaciyasi" nominaciyasi g'olibligi O'zbekiston futbol associaciyasiga nasib etdi. Milliy mukofotni Associaciya raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov qabul qilib oldi.           

"Yilning eng yaxshi yosh sportchisi" nominaciyasida "Milliy mukofot" 19 yoshida kattalar o'rtaisda yunon-rum kurashida jahon chempioni bo'lgan Aytjan Xalmaxanovga topshirildi. 

“Milliy sport mukofoti-2025” g'oliblari:

"Yil kashfiyoti" (o'smirlar) — Najmiddin Qosimhojiev (taekvondo WT, kattalar o'rtasida jahon chempioni)

"Yil kashfiyoti" (qizlar) — Dilafro'z Boltaboeva (dzyudo, o'smirlar o'rtasida jahon va Osiyo chempioni, Yoshlar Osiyo o'yinlari g'olibasi)

"Paralimpiya yo'nalishida yil kashfiyoti" — Mahdiya Muxtorova (para suzish)

"Yilning eng yaxshi yosh sportchisi" — Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi, kattalar o'rtasida jahon chempioni)

"Yilning yaxshi yosh paralimpiyachisi" — Husniya Olimjonova (para engil atletika)

"Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi" — (Sambo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi) 

"Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi sportchisi" — Gulshanoy Alimardonova (karate WKF bo'yicha jahon chempioni)

"Olimpizm va sport targ'iboti yo'lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun" — Rixsitilla Umarov (sport sharhlovchisi)

"Yilning eng yaxshi fotomuxbiri" — Abdulla Fayzullaev (Milliy olimpiya qo'mitasi fotomuxbiri)

"Yilning eng yaxshi sport jurnalisti" — SHafoat Tolibjonova ("SPORT" telekanali)

"Yilning eng faol sport targ'ibotchisi" — Abdurahmon Fozilov (bloger)

"Yilning eng esda qolarli mimikansi" — Nematulloh Rustamjonov (futbol bo'yicha o'smirlar terma jamoasi darvozaboni, qoshini qoqib qo'ygani uchun)

"Yilning yaxshi sport shifokori" — Tatyana Taralyova 

"Yilning yaxshi hakami" — Dilorom Turdiqulova (qilichbozlik)

"Muxlislar mehrini qozongan murabbiy" — Islom Ismoilov (futbol bo'yicha o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi)

"Muxlislar mehrini qozongan sportchi" — Javohir Sindarov (shaxmat bo'yicha Jahon kubogi g'olibi)

"Muxlislar mehrini qozongan parasportchi" — Madina Muxtorova (para engil atletikachi)

"Yuksalayotgan federaciya" — O'zbekiston stol tennisi federaciyasi

"Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi" — O'zbekiston voleybol federaciyasi

"Hududlarda sport turini rivojlantirishsha qo'shgan hissasi uchun" — O'zbekiston o'q otish federaciyasi 

"Yilning eng yaxshi sport federaciyasi" — O'zbekiston futbol associaciyasi

"Yilning eng yaxshi terma jamoasi" — Boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 

 "Yilning eng yaxshi para terma jamoasi" — (Para pauerlifting bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi)

"Yilning eng yaxshi murabbiyi" — Rustam Assakalov (Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)

"Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi" — Sardor Abduholiqov

"Xalqaro sport tashkilotlarida etirof etilgan O'zbekiston vakili" — SHahnoza Mirziyoeva

"Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi" — Uljon Amrieva 

"Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi" — Egor Bolotov (Para suzish)

"Yilning eng yaxshi ayol sportchisi" — Navbahor Hamidova (Boks bo'yicha terma jamoa azosi, jahon chempionati kumush medali sovrindori)

"Yilning eng yaxshi erkak sportchisi" — Akbar Jo'raev (Og'ir atletika)

"Yilning eng yaxshi tadbiri" — Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) Bosh assambleyasi va FIA AWARDS taqdirlash marosimi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing