15 okt 17:01
Yangiliklar

Minsk. Hozircha 1 bokschimiz finalga chiqdi, 3 sportchimizda esa bronza
Hozircha kunduzgi janglarda to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Bokschilarimizning biri finalga yo'l olgan bo'lsa, uch nafari afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalanadigan bo'ldi.
-49 kg: Ibrohim Ishjanov - Vladislav Smolovski (Belarus) 1:4
-49 kg: Avazjon Yo'ldoshev - Robert Badalian (Rossiya) 4:1
-64 kg: Umid Qadamboev - Aleksandr Ziryanov (Rossiya) 0:5
-75 kg: Nurislom Ismoilov - Mixail Usov (Rossiya) 2:3
Kechki dastur janglarida yana ikki nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi. Unda Fayzullo Xudoyberdiev (-52 kg) rossiyalik Evgeniy Jorovga qarshi jang qilsa, Sirojiddin Xojakmetov (-69 kg) rossiyalik Dmitriy Zaxarovga qarshi bahs olib boradi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar