22 fev 08:03
Yangiliklar
Sport kurashlari
Minsk o'rmonida minus 10 daraja sovuqda qo'y dumbasidan OSH tayyorlandi + FOTO
Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini qizg'in suratda davom etmoqda.
Terma jamoamiz murabbiyi Ravshan Ro'ziqulovning bizga xabar berishicha, mashg'ulotlar kuniga bir mahalga o'tkazilgan. Kurashchilarimiz turnirga yaqin qolgani uchun vazn tashlash jarayonini boshlashgan. Murabbiylarimiz endi kurashchilarimiz bilan to'g'ridan-to'g'ri turnirga gilamda taktik tayyorgarlikka etibor qaratishadi.
Undan avval esa terma jamoamiz azolarini o'zbek palovi bilan xushnud etishdi. Minus 10 daraja sovuqda Minsk o'rmonida qozon-o'choq va o'tinda qo'y dumbasiga tayyorlangan osh ko'rinishidan juda ham mazali chiqqan. Terma jamoamiz shifokori Elena Abaeva esa oshdan keyin dasturxonga desert sifatida tort tortiq etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar