31 mar 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirazizbek Mirzahalilovning raqibi ham malum
3 aprel kuni "Humo Arena"da prof boksdagi debyut jangini o'tkazadigan charm qo'lqop ustamiz Mirazizbek Mirzahalilovning ham raqibi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Mirazizbek tanzaniyalik Tasha Mjuajiga qarshi ringga ko'tariladi. Mjuaji shu kungacha prof ringda 26 ta jang o'tkazib, ularning 17 (5 KO) tasida zafar quchgan. Hisobida 7 ta mag'lubiyat va 2 ta durang bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar