07 sen 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirazizbek Mirzaxalilov jahon chempionatidagi birinchi jangini o'tkazdi
Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha World Boxing shafeligidagi Jahon chempionatining to'rtinchi kungi bahslari boshlandi.
Xabar berganimizdek, bugungi dasturdan 5 nafar charm qo'lqop ustamizning janglari o'rin olgan. Bokschilarimiznig ishtirokini tajribali Mirazizbek Mirzaxalilov boshlab berdi. -55 kg vazndagi vakilimiz ilk davrada hindistonlik Pavan Bartvalni uch raund to'liq davom etgan jangda ochkolar (5:0) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Bu hind bokschisini shu yilning may oyida Hasanoy Do'smatovning ukasi Faryozbek ham mag'lub etgandi.
Birozdan so'ng -80 kg vazndagi bokschimiz Javohir Ummataliev jahon chempionatidagi ilk jangida polshalik Nikodem Kozakka qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu bahs taxminan soat 17:45 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar