So’nggi yangiliklar

16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:33Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларидан ОНЛАЙН 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0 12:27EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод? 0 12:06Тошкент мезбонлигидаги Octagon 84 турнирида мағлубиятсиз ҳамюртимиз бразилияликка қарши жанг қилади 0 11:45World Aquatics Ижроия бюроси йиғилишига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди 0 11:24Бугун бокс бўйича Ўзбекистон чемпионатида ғолиблар аниқланади (жанглар рўйхати) 0

27 jan 15:30
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Misha Ge “To'rt qita kubogi”dagi ishtirokini yakunladi

To'rt kun davomida Xitoy Taypeyida o'tkazilgan figurali uchish bo'yicha "To'rt qita kubogi" turniri yakunlandi.
Ushbu turnirda to'rt qita: Afrika, Amerika, Osiyo va Avstraliya/Okeaniya mintaqalaridan sportchilar ishtirok etdilar. Musobaqa ko'pgina sportchilar uchun qishqi Olimpiya o'yinlari oldidan so'nggi tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'tab berdi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Misha Ge 25 yanvar kuni qisqa dasturda chiqish qilib 8-o'rinni egallagani xaqida xabar bergandik. Bugun Misha endi erkin dasturda o'z omadini sinab ko'rdi.

Dastur yakuniga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi azosi 7-o'rinni egalladi. Ammo undan yuqorida turgan sportchilar bugun erkin dasturda biroz muvaffaqiyatsiz ishtirok etishgani sabab, Misha Ge umumiy hisobda turnirni o'ttiz nafar sportchi orasida 6-o'rinda yakunladi.  

Malumot uchun, Misha Ge Xitoy Taypeyidan to'g'ri AQSHga parvoz qiladi va Olimpiya o'yinlari oldidan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini okean ortida o'tkazadi. 11 fevral kuni u Los-Anjelesdan to'g'ri Pxyonchxanga uchadi.

Eslatib o'tamiz, XXIII qishki Olimpiya o'yinlari 9-25 fevral kunlari Koreya Respublikasining Pyongchang shahrida bo'lib o'tadi. Unda ikki nafar sportchimiz Misha Ge (figurali uchish) va Komil To'xtaev (tog' chang'isi)lar yurtimiz sharafini himoya qilishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing