16 iyu 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Mitrion Fyodor Emelyanenko bilan revansh jangini o'tkazishga tayyorligini elon qildi
Amerikalik aralash yakkakurash jangchisi Mett Mitrion afsonaviy rossiyalik MMA jangchisi Fyodor Emelyanenko bilan revansh jangini o'tkazishga tayyorligini malum qildi.
"Agar u meni jangga chorlasa men "ha" deb javob beraman", - deya Mitrionning so'zlarini keltiradi Cageside Press.
2017 yil iyun oyidagi to'qnashuv amerikalikning dastlabki raundda nokaut evaziga g'alaba qozonishi bilan nihoyalangan edi.
Fyodor Emelyanenko navbatdagi jangini 23 oktyabr kuni Moskvada o'tkazadi. Uning ishtirokidagi jang oqshomning asosiy voqeasi bo'ladi. Rossiyalik sportchi oktagonda 2019 yil dekabridan beri ko'rinmadi. Keyin u UFC sobiq jangchisi Kvinton Jeksonni nokautga uchratdi. Ushbu jang Yaponiyada bo'lib o'tdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar