25 fev 13:08
Yangiliklar
Mixail SHaydorov Qozog'istonda kutib olindi, unga homiylar ham sovg'a ajratishdi
O'yinlarning asosiy qahramonlaridan biri Astana aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Qozog'iston Milliy Olimpiya Qo'mitasi Prezidenti Gennadiy Golovkin, Qozog'iston Respublikasi Turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov va Qozog'iston figurali uchish ittifoqi Prezidenti Bauirjan Erali chempionga hurmat bajo keltirishib, eng ezgu tilaklarini bildirishdi.
Uchrashuvda Sofiya Samodelkinaning muvaffaqiyati ham takidlandi. U Olimpiadada 10-o'rinni egallab, Qozog'iston ayollar figurali uchish tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Tadbir davomida SHaydorovga homiylar tomonidan 3 xonali, uning shaxsiy murabbiyi Aleksey Urmanov hamda bosh murabbiy Asem Kasanovga, shuningdek, yana bir sportchi Sofiya Samodelkinaga 1 xonali uy sovg'a qilindi.






Fikrlar