So’nggi yangiliklar

14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0

21 may 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA

MMA MVP turniri Rouzi va Karano sabab AQSH rekordini yangiladi

Most Valuable Promotions promouterlik kompaniyasining aralash yakkakurashlar bo'yicha birinchi turniri AQSH tarixidagi eng ko'p tomosha qilingan MMA tadbiriga aylandi.

MVP va Netflix press-relizlariga ko'ra, butun dunyo bo'ylab 12,4 milliondan ortiq tomoshabin turnirni striming platformasida jonli efirda tomosha qilgan. Oqshomning asosiy voqeasi Ronda Rouzi va Jina Karano jangi paytida eng yuqori auditoriya 17 millionga yaqinlashgan. Bu esa ushbu voqeani barcha davrlarning eng ko'p tomosha qilingan MMA turnirlaridan biriga aylantirgan.

Birgina Qo'shma SHtatlarda asosiy jangni o'rtacha 9,3 million tomoshabin kuzatgan bo'lsa, asosiy jang paytidagi eng yuqori auditoriya soni 11,6 millionga etgan. Bu esa uni AQSH hududida MMA tarixidagi eng ko'p tomosha qilingan tadbirga aylantirdi.

Turnir, shuningdek, MVP ijtimoiy tarmoqlarida 410 milliondan ortiq ko'rishlar sabab 2,2 million dollardan ortiq daromad keltirdi va butun mamlakat bo'ylab barlar, restoranlar, kazinolar va ko'ngilochar muassasalarda keng tijoriy tarqalishga erishdi. 

"Biz Netflix hamkorlarimiz bilan birgalikda erishgan yutuqlarimizdan cheksiz faxrlanamiz va MVP MMA debyuti shunchalik muvaffaqiyatli bo'lishiga yordam bergan sportchilardan minnatdormiz.

Biz investorlardan, strategik hamkorlardan va kelajakdagi MVP MMAning bir qismi bo'lishni istagan jangchilardan juda ko'p so'rovlar oldik. Hozirda biz sohaga uzoq muddatli tasir ko'rsatish bo'yicha qarashlarimizni baham ko'radigan Netflix kabi distribyutor bilan hamkorlikda MMA olamida haqiqatan ham ahamiyatli bo'lgan narsani yaratish uchun barcha strategik variantlarni ko'rib chiqyapmiz", - deyiladi press-relizda.

Turnir oldidan Ronda Rouzi Netflix’da ko'rishlar to'qqiz million tomoshabindan oshib ketishga umid qilayotganini aytdi. 

Elon qilingan muvaffaqiyatga qaramay, tadbir Netflix’dagi boks shoularidan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Xususan, Mayk Tayson va Jeyk Pol jangi 108 million tomoshabinni, Saul "Kanelo" Alvares va Terens Krouford 44 million tomoshabinni, Jeyk Pol va Entoni Joshua jangi esa 33 million Netflix obunachisini jalb qilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing