So’nggi yangiliklar

19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0 18:25Волкановски: "У билан жангда фаолиятимдаги энг яхши жисмоний ҳолатда бўламан" 0 17:51Ўртоқлик учрашувида Жанубий Кореяга мағлуб бўлдик 0 17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0

23 iyu 16:04
Yangiliklar

Boks/MMA

MMA olami suniy intellekt tomonidan tuzilgan yangi UFC reytingiga munosabat bildirdi

Aralash yakkakurash hamjamiyati suniy intellekt yordamida shakllantirilgan yangi UFC reyting tizimi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Renato Moykano: "Bu ahmoqona reyting birinchi marta to'g'ri bo'lib chiqdi"

Yana Santos: "AI tomonidan UFC yangi reytinglarida qiziqarli yangilanish. Luana Santos endi 3-o'rinda, Rakel Pennington 15-o'ringa tushib ketdi, Iren Aldana ham o'z o'rnini yo'qotdi, men esa 6-o'rinda qoldim. SHikoyat qilmayapman - shunchaki bu reytinglar qanday formula bilan hisoblanishiga chin dildan qiziqyapman. Darya Jeleznyakovaning Penningtondan yuqori turishi esa umuman miyani portlatadi. Siz nima deb o'ylaysiz?

Dominik Reyes: "Aleks endi safimizda emas - u allaqachon og'ir vazn toifasida. Jamal ham ketdi - u ham og'ir vazn toifasiga o'tdi. Nazariy jihatdan bu meni reytingda beshinchi o'ringa ko'taradi. Karlos operaciyadan keyin tiklanar ekan, Magomed Xalilga, Irji Pauloga qarshi mini-turnir o'tkazish mumkin edi. Unda men keyingi davogar bo'lib qolaman. To'qqizinchi raqamdagi biror kishi bilan yoki ettinchi raqamdagi Azamat Murzakanov bilan mushtlashishim mumkin. Ideal holatda men ushbu turnirdagi janglardan biri uchun zaxira jangchisi bo'lardim. Agar hammamiz bitta kardga tushib qolsak, aynan shunday variant eng mantiqli ko'rinadi".

Ali Abdel-Aziz: "Yangi reytinglar menga yoqdi"

Vitor Petrino: "Maqsadimizga tobora yaqinlashyapmiz! UFC yangilangan reytingida dunyoning eng yaxshi 10 taligi!"

Gregori Rodriges: "Bugun suniy intellekt yordamida yaratilgan yangi reyting taqdim etildi. Hozir o'rta vaznda 9-o'rinda turibman. Qilingan ishning etirof etilayotganini ko'rish yoqimli. Lekin men hali tugatganim yo'q".

Suniy intellektning yangi UFC reytingi liganing rasmiy veb-saytida taqdim etildi, biroq u erda eski reyting ham saqlanib qolmoqda. Aftidan, u matbuot vakillarining to'g'ridan-to'g'ri ovoz berishi orqali yangilanishda davom etadi. Hozircha reytinglardan qaysi biri "rasmiy" hisoblanishi nomalum, tashkilot esa bu borada izoh bermadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing