So’nggi yangiliklar

20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0 18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0

12 iyu 20:31
Yangiliklar

Boks/MMA

MMA olamining Makgregor - Xollouey jangiga munosabati: "Konor Konorni mag'lub etdi"

Aralash yakkakurash olamining taniqli vakillari Konor Makgregor va Maks Xollouey o'rtasida o'tkazilgan 69 soniyalik jang haqida turli fikrlarni bildirishdi.

Islam Maxachev: "Konor Konorni kaltakladi. Maksni tabriklayman".

Championship Rounds: "UFC 329 turniri translyaciyasi paytida elon qilinganidek, Konor Makgregor o'ng tizzasidan ichki jarohat olgan. SHu bilan birga, Dastin Pore bilan jangda u chap oyog'ini sindirgandi".

Andreas Xeyl: "Makgregor jangning dastlabki soniyalarida oyog'ini jarohatlab oldi va hammasi shu bilan yakunlandi. Naqadar ajoyib".

Nolan King: "Jang to'xtatildi. Makgregor musobaqaning birinchi daqiqasidayoq oyog'idan jarohat oldi".

Gilbert Berns: "Bu bemanilik!"

Belal Muhammad: "Hammasi sakrab tepganim uchunmi? Birinchi jangda ham oldingi xochsimon boylamni uzib yubormaganmidi? Maykl CHendler bu jangni lanatladi".

Rafael Dos Anos: "Yana o'sha oyog'idagi jimjiloqmi? Hazilni qo'ya turaylik - Konorga haqiqatan ham achinyapman. Bu jang bunday tugamasligi kerak edi".

Alan Joben: "Bu aniq jang rejasining bir qismi emas edi".

Sodiq Yusuff: "Konorga achinaman"

Kevin Li: "Maks hech narsa qilishga ham ulgurmadi. Konor jang boshlanganidan ikki soniya o'tib sakrab, tizzasini sindirib oldimi? Haqiqiy jangdagi tezlik mashg'ulotlardagiga umuman o'xshamaydi. Ehtimol, Maks MMA tarixidagi eng oson oqshomni o'tkazdi: katta gonorar, og'ir vazn yo'qotishlarsiz, birorta ham zarba berishga to'g'ri kelmadi - va shu bilan birga aktivda g'alaba qozondi!"

Ali Abdel-Aziz: "Hukumat tergov o'tkazishi kerak".

Fight Ghost: "Jo Rogan va butun sharhlovchilar jamoasi bu jarohatni haddan tashqari tahlil qilish va oqlashga urinishi kulgili eshitildi. Makgregor yillar davomida o'z tanasini tahqirlab keldi. U 80 yoshli odamdek harakat qiladi. Bu tasodif emas".

Bo Nikal: "Qiziq, Konorga achinaman"

Diana Belbita: "Bugun Maks uchun hamma narsa juda oson bo'lib chiqdi. Konor o'ziga yutqazdi".

Mett Braun: "Konor endi hech qachon jang qilmaydi, deb aytgandim-ku!"

Leron Myorfi: "Bu juda achinarli. Jangning dastlabki besh soniyasidayoq tizzaning oldingi xochsimon boylami uzilganga o'xshaydi".

Jamal Xill: "Qoyil! Juda omadsiz va juda achinarli!"

Kori Anderson: "Hozir kim ko'proq g'azablangan - Dana Uaytmi yoki Konor muxlislarimi?"

Derek Branson: "Bunday bo'lishi mumkin emas. Bir daqiqadan kamroq vaqt ichida 30 million ishlab topish - bu shunchaki aqldan ozgan orzu!"

Mayk Devis: "Maks Xolloueyning aurasi Konorning oldingi xochsimon boylamini yirtib tashladi".

Kenni Florian: "Amalda ham shunday bo'ldi. Konor Makgregorning birinchi zarbasi sakrab turib tepish bo'ldi. Erga tushayotganda uning tayanch oyog'i dosh berolmadi. Jang tugadi. MMA hamon dunyodagi eng shafqatsiz sport turi bo'lib qolmoqda".

Paulo Kosta: "Temir boldir va temir paylar hali qaytib keladi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing