So’nggi yangiliklar

13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

15 jan 17:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

MMA va boksni 2020 yilda ikki kishi qutqardi: Uayt va Xirn. Faqat ular odatiy chegaralarni buzib o'tdilar

Biz haqli ravishda 2020 yilni yoqtirmasligimiz mumkin, muammolardan tashqari, yil bizga mehr-oqibat, o'zaro yordam va qiyinchiliklarni engish uchun ilhom berish bilan bog'liq ko'plab hikoyalarni taqdim etdi.

Vaziyat qanday bo'lishiga qaramay “Janglar oroli" va "Janglar bog'i"ni yaratgan insonlar haqida gaplashamiz!

2020 yilda jahon sporti uzoq vaqt tanaffus qildi. Avallo UFC musobaqalarini qayta tikladi. Dana Uayt Abu-Dabida "Janglar oroli"ni tashkil qilib promouter, jangchillar va muxlislarni zeriktirmadi. Undan tashqari, UFC xo'jayini Las-Vegasdagi zarur televizion uskunalar tufayli pandemiya paytida avtonom ravishda ishlay oladigan APEX zalini qurdi.


Boks ham o'z qahramonini topdi: Eddi Xirn. U o'z bog'ida turnir tashkil etdi. Xatto tomoshabinlar bilan ham muammoni hal qildi, shuningdek, u yilni dunyoning eng yaxshi bokschisi - Saul Alvares bilan shartnoma imzolash bilan yakunladi.  

2020 yil Dana uchun yaxshi boshlandi: yanvar oyida Konor Cerroneni nokautga uchratdi va musobaqa chiptalaridan 11 million dollar, translyaciyadan esa 1,35 million dollar ishlab topdi. O'shanda hech kim bu yil oxirigacha rekord bo'lib qolishini bilmas edi; mart oyida pandemiya boshlandi, UFC avval o'z muxlislarini, keyin turnirlarini, undan so'ng aprel oyida bo'lishi rejalashtirilgan Xabib - Fergyuson jangini yo'qotdi.


Ammo Uayt va UFC o'rtasidagi farq: doimiy tarzda echim qidirish. Tasir kuchi, obro'-etibor, keng dunyoqarash tufayli pandemiya davrida ham bu jarayon to'xtamadi. Garchi xotirjam bo'lishga harakat qilayotgandek tuyulsa ham Dana qanday daho ekanligini yana bir bor isbotladi. U UFC 249ni saqlab qoldi. Xabib o'rniga Fergyusonga qarshi Getji jang qilishga rozi bo'ldi va Dana AQSH Konstituciyasida bo'shliq topdi.

Turnirdan 9 kun avval Uayt Amerikaning g'arbiy qirg'og'iga ko'tarildi, u erda Davlat Sport Komissiyasi qoidalari qo'llanilmaydi - Kaliforniyadagi "Tachi Palace" kazino kurorti AQSH  tomonidan boshqarilmaydigan (1787 yil 17 sentyabrda qabul qilingan AQSH Konstituciyasining 1-moddasiga ko'ra) hind qabilalarining rezervaciyasi hisoblanadi. Qabilalarning federal hukumat bilan ishlaydigan o'z boshqaruv organi bor, ammo ular AQSH qonunlariga rioya qilishlari shart emas.

Agar yuqoridan qo'ng'iroq bo'lmaganida, Dananing rejasi amalga oshgan bo'lar edi. Qo'ng'iroqni Kaliforniya shtati gubernatori Gavin Nyusom qilgan, u televideniega bosim o'tkazgan. Nyusom UFC bilan eksklyuziv va ko'p million dollarlik shartnomaga ega bo'lgan, ESPN ning 80% akciyalariga xo'jayin hisoblangan "Disney"ni ishga soldi. Uayt translyatorga qarshi chiqa olmadi, shuning uchun janglardan biroz muddatga voz kechdi.

UFC 249 10 aprelda bekor qilingan edi, ammo 16 aprelda Dana 9 may kuni turnir o'tkazishni rejalashtirgani va keyin haqiqiy MMA marafoni tashkil qilish haqida aytdi: "9 maydan 23 maygacha biz 4 ta shou o'tkazamiz va iyun oyida orolda xalqaro turnirlarni AQSH tashqarisidan kelgan jangchilar bilan boshlashimiz mumkin”.

SHunday qilib, Uayt Jeksonvillda tadbirlar uyushtirdi, so'ngra yilning asosiy inqilobini amalga oshirdi - u "Janglar oroli" bilan Abu-Dabidagi Yasning suniy oroliga kirib keldi. Albatta, reklama akciyasida koronavirusga qarshi kurashish uchun barcha choralar ko'rilgan: 11 kilometrlik xavfsizlik zonasi, doimiy dezinfekciya va virusga qarshi ketma-ket 3 marta testdan o'tgan UFC jangchilari va xodimlarigina orolga kiritildi. Orolda ilk musobaqa - UFC 251 bo'ldi. Uayt Konorning jangini ortda qoldirdi va translyaciyadan 1,3 million dollar to'pladi.

Odamlar MMAning muqobil olamiga o'rganib qolishganida, Uayt yana bir harakatni amalga oshirdi, bu esa unga yoz davomida joylarni almashtirish imkonini berdi. Las-Vegasdagi APEX universal media-kompleksning qurilishi yakunlandi: 12 ming kvadrat metr, 22 ta zal va butun dunyoga translyaciya qilish uchun zarur bo'lgan texnika. 

“UFC APEXning ochilishi UFC va umuman jang sanati rivojlanishida burilish yasadi. Ushbu platforma bizga yangi formatlarni sinab ko'rish va videokontent yaratish hamda jang sanatlarini dunyo bo'ylab targ'ib qilish mumkin bo'lgan chegaralarni belgilashga imkon beradi. Bu erda biz faqat tasavvurimiz bilan cheklanamiz. Bir paytlar qaerdan boshlaganimizni eslasak va uni hozirgi bilan taqqoslasak, ishonish qiyin. Va biz hali maksimal imkoniyatga yaqinlashganimiz yo'q” - dedi Dana Uayt.  

Dastlab yil boshidagi rejalarda 2020 yilda 42 ta turnir bo'lib o'tishi kerak edi. UFC pandemiya tufayli 2 oyni yutqazgandi, lekin Uayt jadvalga rioya qilish uchun harakatlarni to'xtatmadi, bunga ishonish mumkin emasdi. SHunga qaramay, dekabr oyi oxiriga qadar 41 ta turnir o'tkazishga erishdi. Hammasi bo'lib - 456 ta jang 83 soat 33 daqiqada bo'lib o'tdi, 576 ta jangchi uchun ish topildi, shulardan 123 nafari debyutant edi.

Uayt - 2020 yilda MMAning asosiy xaloskori!


Eddi Xirn boksni birinchi bo'lib o'z uyiga qaytardi va Kanelo bilan shartnoma imzoladi. Bugun Alvaressiz boksni tasavvur qilib bo'lmaydi.


Pandemiya professional boksga jiddiy zarba berganga o'xshardi. Buni, ayniqsa, uning vatani - Buyuk Britaniya his qilgan, bu erda Joshua - Pulev, Usik - CHisora yoki Povetkin - Uayt kabi yirik janglar birin-ketin bekor qilindi. 

Avvaliga Eddi Xirn Dananing "Fight Island" orolidagi tashabbusiga tanqidiy qaradi: "Bu aqlbovar qilmaydigan ish. Hozir men ham turnir tashkil qilmagan bo'lardim. Variantlar haqida o'ylamayman ham. Menimcha, bu Uaytning qaysarligi. Siz bir muncha vaqt o'tirib, oq bayroqni ko'tarishingiz kerak. ESPN bu shouni targ'ib qilayotganiga juda hayronman, shubhasiz ularga reyting va pul kerak. Ammo men hozir "Sky Sports" va "DAZN" bilan turnirlarni o'tkazishga ruhsat berolmasdim"

Biroq, "Fight Island"ning muvaffaqiyati va televizion reytinglari Xirnni Esseksda joylashgan 45000 kishilik kichik shaharcha Brentvuddagi ko'chmas mulkda turnir uyushtirishga ilhomlantirdi. 

Barcha tashkiliy masalalarni hal qilish uchun promouterga 1 million funt sterling kerak bo'ldi, ammo natija bunga loyiq edi - 1-22 avgustda bo'lgan davrda 4 ta turnir tashkil qilindi, finalda Aleksandr Povetkin sensacion tarzda Dillian Uaytni nokautga uchratdi va og'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempioni bo'ldi. O'shandan buyon Xirn Italiya, Meksika, Buyuk Britaniya va AQSHda yana 15 ta turnirga mezbonlik qildi.


Pandemiya paytida Eddining asosiy yutug'i dunyoning eng yaxshi charm qo'lqop ustasi Saul Avares bilan shartnoma tuzganligi bo'ldi. Kanelo kutilmaganda uni super yulduzga aylantirgan promouter Oskar De La Xoyya bilan shartnomani bir tomonlama bekor  qildi. Meksikalik bokschi deyarli bir yil davomida jang qilmadi va bu uzoq tanaffus Alvaresni yangi qadam tashlashga majbur qildi. Xirn eng qisqa vaqt ichida u uchun "Matchroom Boxing" ro'yhatidagi eng yaxshi bokschilardan biri Kallum Smit bilan jang uyushtirdi. 19 dekabr kuni meksikalik zafarli tarzda qaytib keldi va Xirn o'zaro manfaatli sheriklikni davom ettirishga qatiy qaror qildi. "

Kanelo jamoasi doimiy ravishda ringga chiqishni istashini bilaman. Avni Yildirim bilan muammoni hal qilish uchun fevral oyi oxirida Meksikada duel o'tkazilishi to'g'risida gap ketgandi.U dekabr haqida gapirib berdi, ammo, bu ehtimol, jangdan keyingi hissiyotlardir. Ertaga Saul uyg'onib fevralda boks bilan shug'ullanmasligini aytishi ham mumkin. Mening vazifam uni keyingi yilda ham DAZNda saqlab qolish".

SHubhasiz, uning uchun ikkita asosiy raqib - Billi Jo Sonders va Golovkin bor. Ularga reja kerak, ular keyingi bosqichlarni tezroq hal qilishni xohlashadi va keyingi bosqich har doim ham bitta kurashdan iborat emas. U menda "2021 yil qanday bo'lishi mumkin?"-deb so'radi. Agar ularga reja kerak bo'lsa, biz uni tayyorlab, amalga oshirishni boshlashimiz mumkin”, - dedi Xirn.


Eddi va uning raqiblari o'rtasidagi asosiy farq shundaki, Xirn turli joylarda tajriba o'tkazishdan qo'rqmaydi va tomoshabinlarni tribunalarga qaytarish uchun minimal imkoniyatlardan ham mohirona foydalanadi. Unga bu masalada yagona raqib Bob Arum hisoblanadi.

Xirn endi yana bir yangi muammoga duch keldi. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi tufayli lokdaun elon qilindi. Kasalliklar soni kun sayin ortib bormoqda. Eddida imkonsiz vazifaning o'zi yo'q, u buni 2020 yilda isbotladi.

Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing