So’nggi yangiliklar

13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

05 fev 17:20
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

MMAni 2025 yilda qanday tasavvur qilamiz? UFC monopol emas, vazn toifalari ko'paygan va boshqa jihatlar

Teglar :  UFCMMADena Uayt
Biz sevimli ligalarimiz, sport turlari va boshqa shu bilan bog'liq sohalarda yuz beradigan o'zgarishlarni tasavvur qilamiz yoki taxmin qilishga urinamiz.

Endi-MMA dagi fantaziyalar haqida gaplashamiz.

2020 yil aralash jang sanatlari dunyosida UFCdan boshqa narsa yo'qligini isbotaladi. Tashkilot barqaror tarzda rivojlanmoqda, hatto tashqi omillar ham bunga xalaqit berolmayapti (pandemiya paytida Dena Uayt barcha sport turlaridan avval UFCni qaytarishga erishdi - 9 may kuni). Bu quvonarli holat, ammo bu faqat bitta narsani anglatadi: UFC dunyo miqyosidagi keng tarqalgan MMA turidan ancha uzoq. Bitta tashkilotni olib tashlaylik - qolganlarining hammasi ahamiyatsiz bo'lib ko'rinadi. UFCdagi g'oyalarni amalga oshirish, hech bo'lmaganda takrorlash uchun boshqalarga kuch yoki aql etishmaydi.


MMAning orzulari amalga oshishi qiyin: yaxshilashi kerak bo'lgan jihatlar ko'p, u erda barqarorlik etishmaydi, jangchilar juda sodda va bir nechtasigina biznes model sifatida ishlaydi.


1. UFC monopoliyasini tugatish. Muvaffaqiyatni takrorlash uchun kuchsiz urinishlar emas, balki muqobil akciyalarga ega promouterlar kerak.

Dena Uayt va UFC - super. Ular hamma haydashni xohlaydigan mashinani yaratdilar. Bir tomondan, sanoat asosiy yulduzlar kurashadigan va hamma biladigan katta brendga muhtoj. Ammo UFC va boshqa tashkilotlar o'rtasida juda katta farq bor.

UFCning obro'si Uaytga jangchilar oldiga har qanday shartlarni qo'ya olishiga imkon beradi va ko'pincha sportchilar bunga rozi bo'ladilar (UFC boshqa sport turlari bilan taqqoslaganda ko'plab sportchilarni o'z zimmasiga oladi; yillik daromadining atigi 16-20 foizini jangchilarning badallariga sarflaydi, bu ko'rsatkich NBA va NFL klublarida - 48-50, APLda esa - 56 foizni tashkil qiladi). Istisno holatida Konor, Xabib, Jons kabi media gigantlari va yulduzlari bo'lishi mumkin. Ammo baribir ular ham ertami-kechmi Denaning shartlariga rozi bo'lishadi; chunki ularning talablariga mos keladigan pulni faqat UFC to'lay oladi. Qolganlari hatto asosiy to'lovni ham uddalay olmaydilar.


Dena qanday gonorar to'laydi - buning uchun siz kurashasiz. Matchmeyker kimni tanlasa o'sha bilan oktogonga kirasiz, rad etsangiz, ketishingiz mumkin. Pul yoki boshqa narsalarni ustun qo'ysangiz - eshik qaerdaligini bilasiz. Yana yuzlab jangchilar sizning joyingizni egallashni orzu qiladilar. SHu sababli, Uayt ko'pchilikka shunchaki sarflanadigan oddiy narsa sifatida qaraydi. Axir, UFCning maqomi hech kim boshqa promouterlar bilan shartnoma qilishni xohlamaydigan kompaniya kabi ko'rinadi. Hech kim bo'ysunishni istamaydigan tizimda bo'ysunish mavjud bo'lishning zaruriy shartiga aylandi - bu Uaytning paradoksi.

Boshqalar haqida nima deyish mumkin? "Bellator" bir necha yildan buyon umidsiz ravishda ikkinchi raqamda yashab kelmoqda. CHunki prezident Skott Kokerda malum strategiya yo'q. U hozirda  shubhali reytinglarni beradigan, ammo uzoq muddat davomida rivojlanishga yordam bermaydigan nafaqaxo'r yulduzlar, g'alati kurashchilar bilan shartnoma imzolaydi. UFCdan chetlatilgan har kimni "Bellator"da ko'rish mumkin. To'g'ri, uning tarkibida juda kuchli yigitlar bor, biroq aniq strategiya va  o'sayotgan yulduzlar yo'q. Pul UFC uchun yaroqsiz bo'lgan, lekin katta nomga erishish uchun yordam beradigan nodir jangchilarga tushadi. SHunday qilib, etakchini hech qachon ushlab bo'lmaydi.

PFL (avvalgi WSOF - bu 2012 yilda tashkil enilgan Amerika promouterligi) faqat bosh sovrin egasi oladigan million dollarni to'lashga qodir. Faqat o'z toifasidagi chempiongina boyga aylanadi (qolganlari tumandagi kichik to'lovlar bilan kifoyalanishadi - 15-20 ming dollar).

UFC Ultimate Fighter shousi orqali ommalashdi. Bu MMA dunyosidagi so'nggi yutuq va noyob loyihadir: ikki jamoaga bo'lingan va oiladek yashaydigan realiti-shou paytida har bir inson yulduzga aylanishi mumkin. Bunday misli ko'rilmagan oshkoralik jangchilarning reklamalarga kirishlariga, tashkilotchilarning esa mediada o'z o'rnini topishiga imkon berdi. Bularning hammasi hayot evaziga qurilgan. Biroq, siz ularni ajablantirmaysiz, ikkinchidan, UFC bilan raqobatlasha olmaysiz.

MMAga targ'ibot va tashviqot darajasi boshqalarnikiga o'xshamagan, hammani hayratlanitira oladigan yangi g'oya kerak, u texnologik o'zgarish bo'ladimi yoki boshqa ahamiyati yo'q. 2025 yilga kelib, bu shunchaki hayol bo'lib qolmaydi, birinchidan, qo'lqopdagi chip va datchiklar (hozircha faqat tasir kuchini o'lchash uchun) va kapalar (boshning shikastlanishini baholash uchun), ikkinchidan, suniy intellekt tobora rivojlanib bormoqda. Ehtimol, yaqinda turli vaziyatlarda barcha jangchilarning xatti-harakatlarini kompyuter orqali ko'rish va tahlil tufayli raqiblarning holatini o'rganish boshlanar.

Muhim shart: barchajarayonlar tomoshabin uchun tushunarli bo'lishi kerak. Muxlislarning aksariyati oktogonda nima bo'layotganini to'liq tushunmaydilar, bu esa shundoq ham qiyin bo'lgan sportni yanada murakkablashtiradi. Mikrofon jangchilarga qancha yaqin bo'lsa, shuncha yaxshi. Hatto oktogonda nimalar bo'layotganini mikrafonda tushuntirib beradigan, arena sharhlovchisi ham ko'rish qiyin bo'lgan masofadagi odamlarni maydonga olib kirishning yana bir usuli hisoblanadi.

2025 yilda to'g'ridan-to'g'ri raqobatchi bo'ladigan 5 nafar promouterlarni ko'rish orzusi. Bunday promouterlar ham jangchilar ham muxlislar tomonidan tanlanishi kerak.


2.Jangchilarning dunyoqarashini kengaytirish. Ular oktogonda shunchaki urushmaydilar, balki o'zlari haqidagi tasavvurni yaratadilar. MMA rivojlanishidagi asosiy to'siqlardan biri bu jangchilar uni faqatgina sport deb qabul qilishlaridir. Promouter va menejerlar ommaviy axborot vositalarida yaxshigina chiqish qilib turishadi, biroq sportchilar tomonidan bu borada tashabbus juda kam. Jangchilar hamma narsani uchinchi shaxs (promouter, menejer) larga berib qo'yish tufayli qaram bo'lish, boshqalarga tasir o'tkaza olmaslik, media olamida o'z imijini yarata olmasliklari mumkin.

Instagramdagi post yoki jangchilarning intervyulari 80% holatlarda bir xil. Ular taxminan mana bunday.

-Oktagon, jang namoyish etiladi.

-Tayyorgarlik yaxshi bo'ldi, biz har tomonlama ishladik.

-Jang rejasi g'alaba qozonishdir.

-Men chiroyli kurash namoyish qilmoqchiman.

-va haqoratlar yomg'iri…

Didli va aqlli gaplar yo'q!

Har bir inson ko'proq pul ishlashni xohlaydi, ammo kam sonlilargina oktogonga chiqib raqibni do'pposlash boy bo'lish uchun etarli emasligini tushunishadi.

MMA - bu futbol emas, unda shaxsiy brendingiz ustida ishlash talab etiladi. Aralash yakkakurashlar hanuzgacha yulduzlar yiliga 2-3 marotaba chiqish qiladigan individual sport turidir. Keng auditoriya haqiqatdan ham qiziqishi uchun siz nafaqat oktogonda, balki undan tashqarida ham o'z kontentingizni yaratishingiz, odamlarga o'zingizni tez-tez eslatib turishingiz lozim.

Kamroq gapir va ko'proq ishla. Bu ajoyib shior, faqat MMAda emas. Bu Fedor Emelyanenko uchun foyda berdi, biroq boshqalarda ham shunday bo'ladi degani emas. Yana ko'plab yo'llar bor. Ammo faqat haqoratli gaplar orqali Makgregorga aylanish haqida o'ylab, hammani lanatlash ham bemanilikdir. Fedor va Konor kam sonli shaxslardan hisoblanadi. Ularning shiorlari faqat o'zlariga qo'l keladi.


Ideal jangchi:

-u intervyu berishdan qo'rqmaydi; har qanday mavzuni muhokama qiladi, o'zini, raqibini va umuman olganda dunyoda bo'layotgan barcha narsani tahlil qilishga tayyor. U intervyudagi kamera - uning janglaridagi kamera ekanligini tushunadi, nega bundan qo'rqish kerak?

-yangi auditoriyani jalb qiladigan tadbirlarda yoki loyihalarda paydo bo'ladi, teleko'rsatuvlarda ko'rinish beradi. Bu kabi odatlar jangchilarning chegaralarini kengaytiradi, shu orqali o'z imijlarini yaratadilar.

 -u janglarni targ'ib qilishda faol va har bir to'qnashuvga alohida yondashadi, atrofidagi barcha voqealarga manisiz so'zlar bilan munosabat bildirmaydi. U matbuot anjumaniga keladi, raqibi bilan qo'l berib ko'rishadi, to'g'ri manoda bahslashadi (chunki u hurmat qiladi).

Bu fikrga hamma qo'shilishi shart emas: 2025 yilda MMA da maksimal 10 nafar yulduz bo'ladi va bu Xabib hamda Konor bo'lgan 2020 yilga qaraganda ancha yaxshi. Jons bilan Adesanyaning ismlari ushbu mavzudagi kishilar uchun juda baland, ammo ular hattoki million dollarlik translyaciyani sotishga qodir emaslar.


3. Vazn toifalarini kengaytirish.

Hozirda erkaklar quyidagi vaznlarda bellashadilar:

-57 kg

-61 kg

-66 kg

-70 kg

-77 kg

-84 kg

-93 kg

+93 kg

Nega dastlab vaznlar orasidagi farq 4 kg ni tashkil qilgani, keyin esa 9 kg ga etkazilganligi umuman tushunarsiz.


3-4 kg farq bilan qo'shimcha vazn toifalari kerak. Taxminan: 55, 59, 63, 67, 71, 75, 79, 83, 87, 91, 95, 99, 103, 105+.  8 ta emas 14 ta vaznga bo'linish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

-tanlov kengayadi, chempionlar ko'payadi.

-chempionlar o'rtasida yorqin janglarni tashkil qilish mumkin.

-sportchilar belgilangan vaznni ko'rsatish uchun organizmini ortiqcha majburlamaydi.

-yaxshi tayyorgarlik ko'rgan sportchi emas, balki belgilangan vaznga tushish yoki vazn to'plashdagi eng yaxshi bo'ladigan tibbiy qurollanish poygasidan voz kechish.

Jangchilar uchun bir yarim haftada o'z vaznlarini 20 kg ga kamaytirish normal holat emas va yangi toifalar o'z-o'zidan muammoni hal qilmaydi - aniq oraliqni topish kerak. Jangchilar iloji boricha tabiiy vazniga yaqin toifalar bo'yicha bellashishlari lozim: sportchi mavsum davomida 90 kg vaznga ega bo'la turib jangda 70 kg da harakat qilishiga yo'l qo'ymaslik shart. 

Vaznni qanday nazorat qilish mumkin? Birinchi marta muayyan jang uchun shartnoma imzolaganda, keyin har ikki haftada bir marta. Bu sportchilarning ovqatlanishi va bor kuchini vazn poygasiga sarflamasligi uchun maqbul vaqt. Jang haftasida nazorat kuchaytiriladi. Sportchilar shartnoma tuzilgan kundan to jangga qadar maksimal 5 kg vazn yo'qotish uchun kurashadilar, bu eng ideal kelishuv bo'ladi. Bu kabi nazorat tufayli vazn tashlash silliq tarzda kechadi, vazn o'lchash marosimidan avvalgi ikki soat organizmni qiynash vaqtiga aylanmaydi. Oktogonda "bezalgan" yuzlarga qarash qo'rqinchli. Ammo vazn tashlash paytida surunkali kasalliklar sababli tez-tez o'lim holatlari paydo bo'lsa, bu undan ham yomonroq. Bularga shunchaki qarab turish mumkin emas.


4. MMA Olimpiya o'yinlari turkumida yo'q. Aralash jang sanatlari tijorat va biznes bo'lib qolishi lozim. So'nggi paytlarda MMAning Olimpiada dasturiga kirish ehtimoli ortmoqda. Buning uchun Xabib Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashishi kerak edi. Lekin bularning barchasi ortiqcha urinishlar bo'ladi.

Aralash yakkakurash - bu 6 yoshli bolakayni havaskorlik karerasiga jo'natib, undan Olimpiada oltin medalini kutishingiz mumkin bo'lgan sport turi emas. Siz MMAga boshqa sport turlarining kuchli bazasi va tayyor organizm bilan ongli ravishda kelishingiz zarur.


MMA hali ham Olimpiadaga kerak bo'lmagan (juda shafqatsiz) va Olimpiadaga muhtoj bo'lmagan (usiz ham o'z o'rnini egallagan) yangi boshlang'ich biznes loyihasidir.

MMAda "o'smirlar-yoshlar-havaskorlik-professionallik" sxemasi ishlamaydi. Xabib, Konor va Jonsdan 10 yil olib tashlang, ular shu muddatni Olimpiada oltin medali uchun sarflashlari mumkin edi va hamma narsa boshqacha bo'lar edi. Yo'el Romeroning karerasiga xuddi shu 10 yilni qo'shing (u kurashda kumush medal qo'lga kiritgan) - va u UFC chempionligi uchun 42 yoshda emas, balki ancha oldin jang qilgan bo'lardi.

Umuman olganda, MMA va XOQ o'rtasidagi ittifoq ikki tomon uchun ham mag'lubiyat seriyasiga o'xshaydi. Professional jang sanati va biznes tuzilmalarining rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan byurokratiyadan tashqari, rivojlanish uchun kim-kimga nima berishi mumkinligi ham noaniq.

 

5. Xabib va Emelyanenko - Rossiyada MMA sanoati taraqqiyotining dvigatellaridir. Orzu qiling!

Xabib va Fedor Rossiyada sportdan tashqariga chiqqan yagona MMA qahramonlari. Ularning ajoyib muvaffaqiyati va ulkan tasir kuchi bor. Bu davlatda aralash yakkakurashlar bilan sodir bo'lishi mumkin bo'lgan eng yomon narsa yulduzlar harakatining cheklanganligi.

Agar Fedor faqat Staryy Oskolga, Xabib esa faqat Dog'istonga etibor qaratsa, hamma narsa juda achinarli bo'ladi. Har ikkisi ham o'z mintaqalari uchun muhim ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ammo biz MMAni kuzatib boruvchilar uchun yiliga bir nechta matbuot anjumanlari va seminarlar tashkil qilishimiz kerak. Hozirgi kunda Nurmagomedov o'z brendini ko'tarishni boshladi (Eagle FC) va biz uni shunchaki mahalliy bo'lib qolmasligini istaymiz. Bu ommaviylashuvi uchun hamma sharoit etarli.

Ideal dunyoda Xabib va Fedor:

-ko'pincha ular odamlarning oldiga chiqib gapiradilar, gapiradilar, gapiradilar.

-tajribalarini faqat o'z jamoalari bilan o'rtoqlashadilar.

-homiylarni jalb qilish (endi bu faqat ularning jamoalariga tegishli, biroq biz barcha sohalarga uchun homiylar chaqirishini xohlardik).

Agar biz oxirigacha tasavvur qilsak, ular birgalikdagi say-harakatlari bilan mamlakatda MMAni boshqaradigan va chindan ham rivojlantiradigan kuchli federaciyani yaratadilar: akademiyalar ochish, doimiy seminarlar o'tkazish va hakamlar, murabbiylarni tayyorlash, nafaqat havaskorlar, balki professional turnirlarni tashkil etish, chempionlarga yordam berish, ularni targ'ib qilish (ommaviy axborot vositalar orqali qo'llab-quvvatlash va mediamagnatlar bilan shartnomalar tuzish). Va eng asosiysi, bularning barchasi rivojlanishi hamda bir necha yil ichida nihoyalamasligii kerak.

Sports.ru saytidan Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

+1   
05 fev 18:36:06
Mirzaev Sanjar
yaxwi maqola rahmat
   
06 fev 11:26:59
Ibroxim
ufc да хам таниш билишчилик бошланган яьни "узбекский вариант" деган ишлар.Масалан Хабиб кетаман деди,шартта камарни олиб бошка чемпионлик жанги утказиб янги чемпион эьлон килиш керак.Йоки Заррух Адашев-иккита нурсиз жанг ва иккови хам маглубият-бу ufc ми йоки беллаторми???Демак Заррухни кимдир коллаб турибди кимлигини тушуниб олиш кийинмас.Боксда бундай ишлар утмайди,жанг килишни истамасанг булди камарни топшир вассалом.
   
06 fev 11:21:54
Ibroxim
UFC ни хам камчиликлари бор.Булар-телетрансляциялар яхши йулга куйилмаган,яьни Дана Уайт жуда кизганчик факат соккани тушунади.Телетрансляция булса хам жуда киммат ва уни пакет холида сотиб олиш керак.
   
05 fev 22:19:23
Mironsho Jabborov
O'lim bolyatgan bolsa, ves tashiyman deb yiqilib qolaman desa Rassiyalik akaga oxshab yoki sogligiga barbr yomon tasr qilsa shu ogrroq vesga o'tish kk tamom. Hamma ozini hayotdagi vesiga yaqn divisionga cqsa 20kilogramlar ves tashashi keragi bomaydi.
   
05 fev 22:15:45
Mironsho Jabborov
Vazn haqida, notigri gap emas lekin erkaklar un 8ta division bolsa 14ta qilib yuborish ortiqcha bolsa kk. Shuncha narsani qilgan ufc shu narsani ham o'ylab korgandr. 8tamas lightdan keyingilariga 2ta division qoshsa narmalni bosa kk. 14ta bolsa boksga oxshab maynavozchilik bop ketadi. Chempionlani tanimay 1olamiz keyin :)) chempion bolish ham oson bop qoladi qizigi qomiydi
   
05 fev 20:56:35
WORKOUT
Rostan ham UFC da vazn toifalar kam 10 ta bo'lsa normal bo'ladi deb o'yliman, 14 ham sal ko'p
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing