22 okt 11:01
Yangiliklar
Dzyudo
Mo'g'uliston 26 dzyudochi bilan Vengriyaga etib bordi
Ertaga Vengriya poytaxti Budapesht shahrida xalqaro dzyudo restarti amalga oshadi.
23-25 oktyabr kunlari Budapeshtda "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tadi. Musobaqa medallari yo'lida asosiy davogarlardan hisoblangan Mo'g'uliston terma jamoasi delegaciyasi maxsus charter reys bilan Vengriya poytaxtiga etib borgan.
Budapesht tatamilarida jami 26 nafar mo'g'ulistonlik dzyudochi 3 murabbiy qo'l ostida medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun bellashadi. Barcha dzyudochilar va murabbiylar Vengriyaga kelish oldidan koronavirusga test topshirishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar