So’nggi yangiliklar

19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

08 noy 11:11
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Boshqalar

Moliya vazirligi Kurash xalqaro associaciyasiga har yili 100 million so'm ajratadi

Teglar :  Kurash
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida”gi qarori elon qilindi.

Hujjat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida’' 2017 yil 2 oktyabrdagi PQ-3306-son qaroriga muvofiq sportchilar, trenerlar va hakamlarning mahorati va malakasini muntazam oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda o'quv-mashg'ulot jarayonlarining yuqori sifatini taminlash, shuningdek, “Kurash” milliy sport turini respublika aholisining keng qatlamlari o'rtasida, ayniqsa, voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida faol targ'ib qilish hamda ommalashtirish maqsadida qabul qilindi.

Qaror bilan “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Dasturda ko'rsatilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarning o'z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan masul ekanligi belgilab qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi ikki oy muddatda O'zbekiston kurash federaciyasining buyurtmasi va texnik topshirig'i asosida Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o'tkazilishini taminlaydi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

O'zbekiston kurash federaciyasi bilan birgalikda Nukus shahri va viloyat markazlarida 2018-2020 yillarda namunaviy loyihalar asosida “Kurash” milliy sport turi markazlarini qurish reja-jadvalini ikki oy muddatda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-2020 yillar uchun O'zbekiston Respublikasi Investiciya dasturini shakllantirishda Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlarini qurish va jihozlash ishlari uchun zarur kapital quyilmalar limiti ajratilishini nazarda tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yildan boshlab Kurash xalqaro associaciyasiga O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan har yili 100 million so'm miqdorida mablag' ajratishi belgilab qo'yildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing