So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

05 mar 10:35
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov Elena Isinbaevani qabul qildi

Xabar berganimizdek, o'zbek sporti tarixida ilk marotaba Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan katta sport bayrami – Nafosat-2019 ayollar spartakiadasi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirga jahon sporti afsonasi Elena Isinbaeva faxriy mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasida Elena Isinbaeva ishtirokida matbuot-anjumani o'tkazilganidan so'ng MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov rossiyalik sportchini qabul qildi. O'zaro suhbat chog'ida mehmon kelajakda hamkorlikda ishlashga tayyor ekani va yurtimizda engil atletikaning rivojlantirish borasida o'zining qimmatli maslahatlarini berdi.

“To'g'risi, kutganimdan ham yaxshi taassurotdaman. Mamlakat prezidentining shaxsan o'zi ommaviy sportni rivojlantirishga katta etibor qaratayotgani bu kelajak uchun katta yutuq. Rivojlanish shu zayilda bo'lsa, aminmanki, o'zbekistonlik sportchilar yaqin yillar ichida jahonda g'oliblikka asosiy davogarlar qatorida bo'ladi”, – deydi Elena Isinbaeva.


SHuningdek, MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov suhbat davomida O'zbekiston Respublikasi prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida mehmonga gapirib berdi.

“Siz kabi sport yulduzlarining yurtimizga tashrifi sportni targ'ib qilishda katta ahamiyatga ega. Bu sportga endi kirib kelayotgan yosh atletlarimizda motivaciya uyg'otadi. Biz asosiy etiborni ommaviy sportni rivojlantirishga qaratmoqdamiz. Negaki, ommaviy sportni rivojlantirmasdan professional maydonda ulkan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi”, – deydi Jasur Matchanov.

Suhbat yakuniga etgach, faxriy mehmon MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga ham tashrif buyurib, u erdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing